COP29 iqlim konferensiyasi hafta oxirigacha cho‘zilishi mumkin
Bokudagi COP29 iqlim konferensiyasi yakuniy kelishuv loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli rejalashtirilganidan uzoqroq davom etishi mumkin.

Foto: Maxim Shemetov/REUTERS
22 noyabr kuni yakunlanishi kerak bo‘lgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Boku konferensiyasining 29-sessiyasi rejalashtirilganidan uzoqroq davom etadi va hafta oxirigacha cho‘zilishi mumkin. Bu haqda 22 noyabr, juma kuni OAV xabar berdi.
Forumning uzaytirilishiga iqlim muhofazasiga zarur investitsiyalar hajmi va bu xarajatlarni moliyalashtirishga tayyor davlatlar doirasini belgilovchi konferensiya yakuniy hujjati atrofidagi keskin kelishmovchilik sabab bo‘ldi.
Xususan, COP29 bir qator ishtirokchilari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun sanoati rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam sifatida taklif etilayotgan yiliga 250 milliard dollarni yetarli emas deb hisoblashdi. Bu bugungi kunda ko‘rsatilgan yordam miqdoridan 2,5 baravar ko‘p bo‘lishiga qaramay, iqlim faollari va alohida davlatlar vakillari uni sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqdalar.
Shunday qilib, BMT ekspertlari guruhi 2030 yilga borib rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi yordamga bo‘lgan ehtiyoj qariyb trillion dollarni, 2035 yilga borib esa 1,3 trillion dollarni tashkil etadi, degan xulosaga keldi.
Biroq, kelishuv loyihasida an’anaviy ravishda sanoati eng rivojlangan deb hisoblanmaydigan davlatlar eng qashshoq mamlakatlarga yordam to‘lashda ishtirok etishi ko‘rsatilmagan. Bularga, xususan, Xitoy va Fors ko‘rfazi mamlakatlari kiradi.
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
Ozarboyjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etayotgan 50 dan ortiq davlat iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ijrochi direktori Zoritsa Urosevich 20 noyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda bu qarorni «tarixiy bosqich» deb atadi.
U iqlimga mos turizm birinchi marta BMTning iqlimni muhofaza qilish maqsadlaridan biriga aylanganini ta’kidladi. Usorevichning so‘zlariga ko‘ra, turizm biznesi jahon yalpi ichki mahsulotining 3 foizini tashkil qiladi, shu bilan birga, bu sektor dunyodagi parnik gazlarining 9 foizini ishlab chiqaradi.
Qayd etilishicha, Bokuda tegishli kelishuvni imzolagan davlatlar iqlim muhofazasini turizm sohasida muhimroq omilga aylantirmoqchi. Shu bilan birga, aniq maqsadlarga erishish rejalashtirilgan.
World Sustainable Hospitality Alliance mehmonxona biznesi birlashmasi o‘z faoliyati davomida parnik gazlari tashlamalari, suv va energiya iste’moli kabi ma’lumotlarni yozib olishi va hisobot berishini e’lon qildi. Assotsiatsiya rahbari Glenn Madziukning aytishicha, bu ma’lumotlar turizm sanoati vakillari va sayohatchilarga o‘z harakatlari oqibatlarini tushunishga yordam beradi. «Biz har bir sayyohlik yo‘nalishini himoya qilishdan manfaatdor bo‘lgan sektormiz», dedi u Bokudagi forum chog‘ida.
World Sustainable Hospitality Alliance birlashmasi jami 7 million xonaga ega 55 ming mehmonxona manfaatlarini ifodalaydi. Tashkilot a’zolari orasida Accor, Hilton va Marriott kabi mehmonxona tarmoqlari ham bor.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

17:20 / 30.04.2025
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi

20:23 / 14.02.2025
Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiya boshlanmoqda

12:55 / 09.12.2024
Toshkentda islom tadqiqotlari bo‘yicha Oksford markazi yubileyiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi

21:30 / 23.11.2024