Jahon | 15:50 / 23.11.2023
11858
4 daqiqa o‘qiladi

Kiyev yaqinida shug‘ullanayotgan va Liman yo‘nalishida turgan tankchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 637-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kikboksing bo‘yicha Dog‘iston jamoasi sobiq murabbiyiga Rossiyada davlatga xiyonat bo‘yicha ish ochildi. U Ukraina tomonida turib urushda qatnashgan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Trampning tinchlik rejasini muhokama qilishga tayyorligi — ammo Ukraina «Donbass va Qrimni Rossiyaga bermasligi»ni aytdi.
  • 17 yoshli Yegor Balazeykin terakt amalga oshirishga urinishda ayblanib, olti yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga hukm qilindi. Tergov versiyasiga ko‘ra, u ikki marta Leningrad oblastidagi harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yishga uringan.
  • Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida videoaloqa orqali qilgan chiqishida Ukrainadagi harbiy harakatlarni «to‘xtatish zarur bo‘lgan fojia» deb atadi.
  • Ukrainada davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissar Taras Kremen mamlakatda «rus tilli» tushunchasi mavjud emasligini aytdi.

Donetsk oblastida nemislarning «Leopard» tanklari

Ukrainaning 21-mexanizatsiyalashgan brigadasi tankchilari Donetsk oblastining Liman yo‘nalishidagi front chizig‘i yaqinida «Leopard 2A5» tankida. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukrain tankchilarining Kiyevdagi o‘quv poligoni 

Kiyev yaqinidagi poligonda tank mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlar Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning tashrifi vaqtida o‘tkazildi. 21 noyabr kuni Germaniya Ukrainaga 1,3 milliard yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. «RBK-Ukraina» xabariga ko‘ra, yangi paket to‘tta IRIS-T tizimi, 155 millimetr kalibrli 20 mingta artilleriya snaryadlari, tankka qarshi minalar va boshqa turdagi qurollarni o‘z ichiga oladi.
Ina Fassbender / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi Kiyev yaqinidagi poligonda tank trenajyorida shug‘ullanmoqda
Ina Fassbender / AFP / Scanpix / LETA
Poligondagi o‘quv tanki
Ina Fassbender / AFP / Scanpix / LETA
Ina Fassbender / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyalik o‘smir olti yilga axloq tuzatish koloniyasiga yuborildi

22 noyabr kuni Peterburg sudi 17 yoshli gimnaziyachi Yegor Balazeykinni olti yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga hukm qildi. Uni Peterburgdagi va Leningrad oblastining Kirovsk shahridagi harbiy komissariatlarga o‘t qo‘yishga urinishda ayblangan. Balazeykinni terakt amalga oshirishga tayyorlanishda aybdor deb topishgan. Ish materiallarida aytilishicha, u 2023 yil fevralida harbiy komissariatlarga Molotov kokteyllari uloqtirgan — lekin binolar yonib ketmagan (jabrlanganlar yo‘q). Balazeykinning amakisi — Rossiya armiyasi ofitseri urushda halok bo‘lgan.

Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid