Rossiyada chaqiruv yoshining yuqori chegarasi 30 yoshgacha ko‘tarildi
Rossiya hukumati 2024 yil 1 yanvardan boshlab chaqiruv yoshini 30 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi harbiy ro‘yxatga olish sohasidagi o‘zgarishlarni tasdiqladi. Natijada yana 2 million rossiyalik harbiy xizmatga chaqiriladi.

Foto: Picture Alliance
24 noyabr, juma kuni Rossiya hukumati harbiy ro‘yxatga olish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani parlament tomonidan qabul qilingan qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi, deb yozadi «Interfaks». Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya armiyasiga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar chaqirila boshlaydi. Shu paytgacha muddatli harbiy xizmatchilarning maksimal yoshi 27 yosh edi.
Davlat dumasi 25 iyulda chaqiruv yoshini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga tegishli tuzatishlarni qabul qildi. Dastlab, chaqiruv yoshining nafaqat yuqori chegarasi, balki eng quyi chegarasi ko‘tarilishi nazarda tutilgan edi – 18 yoshdan 21 yoshgacha. Biroq, oxir-oqibat, bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilindi - Davlat dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolovning ta’kidlashicha, «ko‘p yigitlar 18 yoshida xizmatga borishni xohlaydi».
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2022 yil oxirida harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 18-27 yoshdan 21-30 yoshga o‘zgartirishni taklif qildi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish yoshi chegaralari bosqichma-bosqich o‘zgartirilishi nazarda tutilgan edi.
Yana 2 million rossiyalik harbiy xizmatga chaqiriladi
Gaydar nomidagi Iqtisodiy siyosat instituti tadqiqotchisi Igor Yefremovning hisob-kitobiga ko‘ra, yangi yosh chegaralari bilan 2024 yilda avvalgi ko‘rsatkichga qaraganda taxminan 2 million ko‘proq rossiyalik erkaklar harbiy xizmatga chaqiriladi – 6,8 million o‘rniga 9,14 million kishi. Demograf Aleksey Raksha ham o‘z tahliliga asoslanib, xuddi shunday raqamni keltirdi. Shu bilan birga, tadqiqotchilarning qayd etishicha, bu taxminiy hisob-kitoblar bo‘lib, aholini ro‘yxatga olish vaqtidagi xatolar, migratsiya va boshqa omillarni hisobga olishning iloji yo‘qligi sababli noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Markaziy Osiyo bilan strategik hamkorligimiz mintaqada geosiyosiy g‘alabani ko‘zlamaydi” – Yevropa Ittifoqi elchisi bilan eksklyuziv suhbat
O‘zbekiston | 22:01
-
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?
Jamiyat | 21:44
-
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
Jahon | 21:41
-
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin
Jahon | 21:39
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025