Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktda gumon qilinayotgan tojikistonliklar ekspertizadan söng aqli raso deb topildi.
Ayblanuvçi Dalerjon Mirzoyevning advokati Oleg Vlasov sözlariga köra, ekspertlar ayblanuvçilar öz harakatlarini tuşuniş va ularni nazorat qiliş qobiliyatiga ega bölganini tasdiqlagan.
«Ularning aqli raso va jismoniy salomatligi yaxşi ekanligi aniqlandi», deb qöşimça qildi Vlasov.
2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktda 146 kişi halok böldi, 550 nafardan ortiği jarohatlandi.
Tört nafar qurollangan şaxs konsert zaliga bostirib kirib, tomoşabinlarga qarata öq uzdi va binoga öt qöydi. Oqibatda «Krokus» binosi butunlay yonib ketdi. Tergov ma’lumotlariga köra, teraktni sodir etganlar Tojikistonning tört fuqarosi: Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda va Şamsidin Fariduni.














