Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi
Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Rossiyaning Ukraina shimoli-sharqidagi Sumi shahriga hujumini «vahshiyona hujum» deb atadi. «Rossiyaning bu kabi hujumlari Rossiyaning tinchlikka qanday tayyor ekanligini ko‘rsatadi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Olaf Shols Rossiya qurolli kuchlarining Ukraina shimoli-sharqidagi Sumi shahriga bergan zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi. Shols tegishli xabarni 13 aprel, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
«Yakshanba kuni Rossiya raketalari begunoh tinch aholini o‘ldirgan Sumidan olingan kadrlar dahshatli. Bizning fikrimiz qurbonlarning oila a’zolari va yaradorlar bilan. Germaniya bu vahshiy hujumni eng keskin tarzda qoralaydi», — deb yozdi Shols.
«Rossiyaning bunday hujumlari Rossiyaning go‘yoki tinchlikka tayyorligini ko‘rsatadi», — deya qo‘shimcha qildi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi agressiv urushini shafqatsizlarcha davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
11:11 / 22.12.2025
Harbiylar Sumi viloyatidan Rossiyaga 50 nafar tinch aholini majburan olib ketdi
12:16 / 03.11.2025
Rossiya Sumi viloyatiga hujum qildi: bir kishi halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
10:07 / 31.10.2025
Sumida RF dronlari turar joylarga zarba berdi, jabrlanganlar bor
19:29 / 22.09.2025