Frontdagi «Leopard» tanklari va hududlarni minalardan tozalash. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 643-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Davlat departamenti Putin AQShda 2024 yil noyabrida o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalari ma’lum bo‘lmagunicha Ukraina bo‘yicha tinchlik sulhi tuzmasligini ma’lum qildi.
- Ukraina razvedkasining sobiq rahbari Valeriy Kondratyuk razvedka xizmatining hozirgi rahbari Kirill Budanovning rafiqasi Mariannaning organizmidan simob va margimush topilganini aytdi. Uning aniqlik kiritishicha, bu ma’lumotni Ukraina razvedkasidagi sobiq hamkasblaridan olgan.
- The Economist manbasi Volodimir Zelenskiy va UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasidagi munosabatlarni «qo‘rqinchli» darajada deb atadi — «reja bo‘yicha ketmayotgan» qarshi hujum amaliyoti sekin kechayotgani tufayli. Ukraina prezidenti ofisidagilar esa buni rad etishdi.
- RF mudofaa vazirligi va Moskva shahri meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva oblastining Podolsk shahri yaqinida dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Vayrongarchiliklar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
- Rossiya qo‘shini dronlar va raketalar bilan Ukrainaga hujum qildi. UQK havo kuchlari barcha dronlar, uchta raketadan ikkitasi urib tushirilganini ma’lum qildi.
Horlivka yaqinidagi pozitsiyalarda turgan ukrain askarlari
Xarkiv yaqinidagi «Leopard» tanklari
Ukrainaning ozod etilgan hududlarini minalardan tozalash jarayoni
Urushning bir yarim yildan oshiq davrida Ukraina dunyodagi eng minalangan mamlakatga aylandi. Slovakiyadagi global xavfsizlik va xalqaro munosabatlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi Globsec nohukumat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning qariyb uchdan bir qismi minalangan. Mutaxassislar minalarni Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining omillaridan biri sifatida keltirgan. Bundan tashqari, minalardan tinch aholi vakillari ham jabrlanmoqda va halok bo‘lmoqda. Ukraina hududlarini minalardan tozalashga o‘nlab yillar ketadi — quyida bu ish hozirda qanday olib borilayotgani aks etgan suratlar (bu fotosuratlar aynan qayerda olinganiga oydinlik kiritilmagan).
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Vladimir Putin Butunjahon rus xalqi kengashida
Vladimir Putin 28 noyabr kuni Butunjahon rus xalqi kengashi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yalpi majlisda videoaloqa orqali qatnashdi. Putin «G‘arb hukmron elitasi»ni yana bir bor tanqid qilib, ularni «rusofobiya», «irqchilik» va «neonatsizm»da aybladi, uning fikricha, bu nafaqat ruslarga, balki «Rossiyaning barcha xalqlariga qarshi qaratilgan». U shuningdek mamlakat «eng og‘ir demografik muammolarga» duch kelayotganini aytdi va ularni yengib o‘tish uchun rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024