Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat «eng oğir demografik muammolarga» duç kelayotganini aytdi. Ularni yengib ötiş uçun rossiyaliklarni köproq farzand körişga çaqirdi.
The Moscow Times xabariga köra, Putin bu haqda Butunjahon rus xalqi qurultoyida ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, ruslar «köp bolali oilalar an’anasini jonlantirişi» kerak.
Putinning ta’kidlaşiça, Rossiyaning köplab xalqlari «tört, beş yoki undan ortiq bola tarbiyalanadigan kuçli, köp avlodli oila an’analarini saqlab qolgan». Avvallari rus oilalarida yetti-sakkiz nafar farzand bölgan, agar köp bölmasa.
«Keling, bu ajoyib an’analarni asrab-avaylaylik va tiklaylik. Köp bolali va katta oilali böliş Rossiyadagi barça xalqlar uçun odatdagi hol, turmuş tarziga aylanişi kerak», dedi Putin.
Şu bilan birga, Rossiya rahbari mamlakatdagi demografik muammolarini faqat pul, nafaqa, ijtimoiy tölovlar va imtiyozlar yordamida hal qiliş «mumkin emasligini» ta’kidladi.
Rosstat ma’lumotlariga köra, Rossiya aholisi 2018 yildan beri kamayib bormoqda. 2022 yilda u 533 ming kişiga kamaygan va 2023 yil 1 yanvar holatiga köra 146,5 million kişini taşkil etdi.
Oliy Iqtisodiyot maktabi qoşidagi Demografiya instituti mutaxassislari Valeriy Yumaguzin va Mariya Vinnik ötgan yozda qilgan prognozlariga köra, Rossiya aholisining qisqarişi davom etadi va 2070-yillarning örtalariga borib, 131 million kişiga tuşadi. Asr oxiriga borib esa atigi 137,5 million kişi böladi.












