Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita viloyatda Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida to‘xtatilgan mashinalarda Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz go‘sht borligi aniqlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Cobalt” to‘xtatilib tekshirilganda, fuqaro B.X. jami 500 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, mahsulot ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida ketayotgan Isuzu yuk mashinasida fuqaro N.R. 165 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, mahsulot ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, ikki nafar shaxs ISUZU yuk mashinasida 4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtni Qashqadaryodan Samarqand shahriga olib ketayotganda Ko‘kdala tumanida to‘xtatib qolingandi.
Iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni ikki nafar shaxs ISUZU yuk mashinasida Samarqandga olib ketayotganida to‘xtatib qolingan.
Shuningdek, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari chegarasida joylashgan “Umakay” YPX maskanida qariyb bir tonna yaroqsiz go‘sht ortib ketayotgan Cobalt to‘xtatib qolingandi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025