Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari çegarasida joylaşgan “Umakay” muntazam YPX maskanida qariyb bir tonna yaroqsiz göşt ortib ketayotgan Cobalt töxtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 10 may kuni soat 18:10 larda Qaşqadaryo viloyati IIB JXX PPX, jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi Karantin bölinmasi va YHXB xodimlari “Umakay” muntazam YPX maskanida Qarşi - Toşkent yönalişida harakatlanib kelgan Cobalt maşinasini töxtatgan.
Kökdala tumanida yaşovçi fuqaro X.I. boşqaruvida bölgan maşina saloni va yukxonasi közdan keçirilganda tegişli veterinariya hujjatlarisiz, kelib çiqişi noma’lum bölgan göşt mahsulotlari borligi ma’lum bölgan.
Suriştiruv davomida maşinada 929 kg göşt borligi aniqlanib, hujjatlaştirib olingan.
Göştning sifatini aniqlaş maqsadida, Qaşqadaryo viloyat hayvonlar kasalliklar taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining laboratoriyasiga olib kelinib, tekşiruvdan ötkazilganda iste’molga yaroqsizligi aniqlangan va tegişli tartibda yöq qilingan.












