O‘zbekiston | 12:43 / 13.12.2023
2705
3 daqiqa o‘qiladi

Raqobatga aloqador qonun loyihasi rad etildi

Qonunchilik palatasi raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqishga yubordi. Loyihada imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa turdagi davlat yordamlari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini Raqobat qo‘mitasi bilan maslahatlashishni majburiy qilish, ayrim sanksiyalarni yumshatish taklif etilgandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 12 dekabr kungi yig‘ilishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etdi.

Qonun loyihasida raqobatga aloqador bir qator o‘zgarishlar taklif etilayotgan edi.

Jumladan, loyihada narxlar asossiz oshirilgan yoki tariflar noto‘g‘ri qo‘llangan, tadbirkorlar va iste’molchilarning huquq va manfaatlari poymol qilingan taqdirda mazkur tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari qo‘llanishi nazarda tutilgandi.

Gazeta.uz'ning yozishicha, qonunning 42-moddasiga (Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar) o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan edi. Bu moddaning amaldagi talqiniga ko‘ra, kichik iqtisodiy oqibatlarga olib keladigan qonunbuzarliklar (masalan, qo‘mitaga ma’lumotlarni taqdim etishdagi texnik xatolar) uchun tadbirkorga katta miqdordagi jarimalar qo‘llanadi. Shu sababli, jazoning mutanosibligi tamoyilidan kelib chiqib, bunday huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorga nisbatan moliyaviy sanksiyani qo‘llamaslik taklif etilmoqda — u bilan faqat profilaktik tushuntirish ishlari olib boriladi.

Bundan tashqari, qonunning 13-moddasiga (Ustun mavqe) o‘zgartirish kiritish taklif etilgan. Unga ko‘ra, asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt bunday faoliyatni amalga oshirsa, tovar yoki monopoliya bozorida ustun mavqe deb e’tirof etiladi (bu band prezidentning 2023 yil 7 iyuldagi qaroriga ham kiritilgan).

Spiker Nurdinjon Ismoilov mazkur qonun loyihasini kun tartibidan olib tashlashni, hujjatni yakunlash va birinchi o‘qishda qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasiga qaytarishni taklif qilgan. Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi kun tartibidan chiqarilgan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi