Koreys politsiyasi va inson huquqlarini himoya qiluvçi taşkilot Hanşin universiteti ustidan tekşiruv boşlagan. Oliygohga nisbatan noqonuniy hibsga oliş, tahdid qiliş va odam öğirlaş ayblovlari qöyilişi mumkin. Koreyalik bir guruh talabalar universitet oldida norozilik aksiyasi ötkazdi.

Kun.uz holat böyiça dastlabki tafsilotlarni yoritgan edi. Qöşimça ma’lumot oliş uçun talabalar va ularning yaqinlari bilan boğlandik.

“2023 yilning 27 noyabr kuni 15:30lar atrofida Hanşin universitetidan menga qönğiroq böldi. Bir ayol ukam Sobirjonning hujjatlaridan kamçilik çiqqani uçun 1 soatdan keyin Inçeon ayeroportidan Özbekistonga jönatilişini aytdi. Nima bölganini tuşunmay, ayeroport tomon yugurdim”, – deydi Özbekistonga yuborilgan 22 talabadan birining akasi, Koreyaning Inha universiteti 5-bosqiçida öqiyotgan Şokir Abdulhamidov bilan boğlandik.

Şokir ukasi Sobir bilan boğlanişga bir neça marta harakat qilgan, lekin buning iloji bölmagan. Oradan 1 soat ötib, Sobir akasiga aloqaga çiqib, nima bölganini gapirib bergan.

Sobirjon Abdulhamidovning Kun.uz muxbiriga hikoya qilib berişiça, 27 noyabr kuni Hanşin universiteti til kursida öqiydigan talabalarga darsdan keyin ID-karta oliş uçun bir joyda yiğiliş aytilgan. Talabalar belgilangan joyga borgaç, ularni avtobusda oliygohning ikki xodimi kutib olgan.

“Avtobus 20 minutça yurganidan keyin metro yonida töxtadi va bu yerdan gavdali 16 kişi çiqib, har birimizning oldimizda turib oldi. Özimizni xuddi qöriqlaş tizimi örab olgandek his qildik. Keyin bizga bir hujjat tarqatib, unga qöl qöyib berişimizni söraşdi”, – deydi Sobirjon.

Boşqa bir talabaning aytişiça, avtobusda ularga mamlakatni ixtiyoriy ravişda tark etganliklarini tasdiqlovçi hujjatni imzolaş aytilgan.

“Bizga qanday hujjat berişganini tuşunmadik. Universitet xodimlari agar uni imzolamasak, ID-karta olmaganimiz uçun bizni qamoqxonaga jönatişlari va Koreyaga qaytib kela olmasligimizni aytişdi