O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Shu yil bahor-yoz mavsumidan Xitoyning Pekin, Siyan, Chengdu, Shanxay, Xaynan, Sanya hamda Xanchjou kabi shahar va provinsiyalariga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Tegishli jarayonlar o‘tganidan so‘ng, parvozlarni “Qanot Sharq” va “Centrum Air” aviakompaniyalari amalga oshiradi.
Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi hamda “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK rahbar hamda mutaxassislari Xitoy aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, delegatsiya a’zolarining Xitoy aviatsiyasi ma’muriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarining birinchi bosqichida ikki davlat o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilingan. Vazirlikka ko‘ra, IATA – 2024 (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) bahor-yoz mavsumidan Toshkent – Pekin, Toshkent – Siyan hamda Toshkent – Chengdu yo‘nalishlariga qo‘shimcha ravishda Urumchi – Samarqand, Toshkent – Shanxay, Toshkent – Xaynan, Toshkent – Sanya va Toshkent – Xanchjou kabi yo‘nalishlarda muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Bu reyslarni "Qanot Sharq" hamda “Centrum Air” rezident aviakompaniyalari amalga oshiradi. Ta’kidlanishicha, aviakompaniyalar xorij tomonining talabiga muvofiq sertifikatsiyadan o‘tish jarayonini yakunlab, tegishli ekspluatatsiya ruxsatnomasini olganidan so‘ng yangi tashkil etilgan aviakompaniyalar orasida birinchilardan bo‘lib Xitoyga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 10 yanvar kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirishi ma’lum qilingandi.
O‘zbekiston va Xitoy 2020 yil fevral oyida koronavirus pandemiyasi sababli muntazam parvozlarni to‘xtatgan edi.
Mavzuga oid
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024