2023 yilda Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 2022 yilga nisbatan 23,9 foizga oşib, 62,5 mlrd dollarga yetgan. Şundan 24,4 mlrd dollarlik savdoni eksport, 38,1 mlrd dollarlik savdoni esa import taşkil etgan. Tegişli ma’lumotlarni Statistika agentligi ma’lum qildi.
2022 yilga taqqoslaganda, eksport hajmi 23,8 foizga, import hajmi 24,0 foizga oşgan.
Taşqi savdo manfiy saldosi 2,7 mlrd dollarga oşib, 13,7 mlrd dollarga yetgan.

Xitoy va Rossiyaga boğliqlik kuçaygan
2023 yilda ham Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo şerigi böldi. Hisobot davrida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 13,7 mlrd dollarga yetgan. Bu – respublika umumiy taşqi savdo aylanmasi hajmining 21,9 foizini taşkil qiladi.
Şuningdek, taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Rossiya (15,8 foiz), Qozoğiston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Janubiy Koreya (3,7 foiz) bilan qayd etilgan.
Ötgan yil taşqi savdoda Xitoy va Rossiyaning birgalikdagi uluşi 37,7 foizga yetgan. Soliştiriş uçun, bu ikki davlatga qaramlik darajasi oxirgi tört yil içida faqat oşib bormoqda:
- 2020 yil 33,2 foiz;
- 2021 yil 35,5 foiz;
- 2022 yil 36,4 foiz.
E’tiborli jihati, Özbekistonga çegaradoş mamlakatlarning (Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirğiziston, Afğoniston) umumiy savdo hajmidagi uluşi 2022 yildagi 8 mlrd 24 mln dollardan 2023 yilda 8 mlrd 70 mln dollargaça yoki 16,5 foizdan 12,8 foizgaça qisqargan.

2023 yil Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluşga ega bölgan top-10 davlat:
- Xitoy – 13,7 mlrd dollar;
- Rossiya – 9,8 mlrd dollar;
- Qozoğiston – 4,4 mlrd dollar;
- Turkiya – 3 mlrd dollar;
- Koreya – 2,3 mlrd dollar;














