Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq, 2024 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

Maishiy texnikalar importida talab

Prezidentning “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qaroriga asosan 2024 yil 1 fevraldan boshlab maishiy texnikalar importida ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bo‘lishi talab etiladi.

Qaror bilan O‘zbekistonga olib kirishda sifati, xavfsizligi va servis kafolatini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lishi talab qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati ham tasdiqlangan. Ro‘yxatga quyidagilarga kiritilgan:

– alyumin radiator;

– suv isitish qozoni;

– suv isitkich;

– bug‘ qozoni;

– changyutkich;

– kir yuvish mashinasi;

– sovitkich, muzlatkich;

– televizor, monitor;

– maishiy gaz pechi;

– duxovka, pechka;

– mikroto‘lqinli pech,

– dazmol;

– suv qaynatkich;

– konditsioner;

– suv nasosi.

Kasanachilar uchun o‘quv kurslari

2023 yil 21 dekabr kuni prezidentning “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori