TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov rahbarlik qildi.

Delegatsiyalar rahbarlari 2025 yil may oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan TDT norasmiy sammitining barcha tashkiliy-protokol masalalarini va mazmunini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida tomonlar konstruktiv ruhda Turkiy hamkorlik tashkilotlarining 2025 yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi loyihasini ko‘rib chiqdilar va tasdiqladilar.