“Oilalarni mustahkamlaş va xotin-qizlarning faolligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Fuqarolik işlari böyiça tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni körişga ixtisoslaşgan sudyalar korpusi şakllantiriladi.
2024 yil 1 fevraldan tajriba tariqasida fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Uluğbek tumanlararo sudlarining 2 nafardan sudyasini oilaviy nizolarni köriş böyiça ixtisoslaştirgan holda uşbu sudlarda “Oila sudyalari” taşkil etiladi.
Boşqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning uluşini 2030 yilgaça 30 foizga yetkaziş talabi davlat korxonalarining ijro organlari, şu jumladan direktorlar kengaşi va kuzatuv kengaşlarining tarkibini şakllantirişda ham tatbiq etiladi.
2024 yil 1 fevraldan:
kasanaçilik va hunarmandçilik yönalişida yangi iş boşlayotgan xotin-qizlar uçun tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, rivojlantiriş, takomillaştiriş hamda ularga uslubiy yordam beriş maqsadida ta’lim taşkilotlarida tajribali kasanaçi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga öqitiş kurslari taşkil etiladi;
xotin-qizlarni kasanaçilik va hunarmandçilik yönalişlarida kasb-hunarga öqitiş bilan boğliq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalaştiriladi.
Bunda, ta’lim taşkilotlarida kasb-hunarga öqitilgan har bir bitiruvçi xotin-qiz uçun sarflangan öqitiş xarajatlarining 70 foizi, biroq BHMning 5 barobaridan oşmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Xotin-qizlar.uz platformasi negizida “Band bölmagan xotin-qizlar” moduli yaratilib, vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
2024 yil 1 martgaça “Eng yaxşi kasbga tayyorlaş dasturi” böyiça nodavlat ta’lim taşkilotlari örtasida ötkaziladigan oçiq tanlovlarda iştirokçilarni baholaş imkonini beruvçi elektron dasturiy ta’minot işlab çiqiladi hamda 2025 yildan har yili uşbu tanlov ötkaziladi.
Işsiz xotin-qizlar zamonaviy milliy liboslarni işlab çiqariş va realizatsiya qiliş maqsadida tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat röyxatidan ötgandan söng bino va inşootning dastlabki 3 oylik ijara tölovi 2024 yil 1 yanvardan BHMning 10 baravarigaça miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi tomonidan qoplab beriladi.








