SSSRda fuqaro aviatsiya ikkinçi jahon uruşidan keyin juda tez rivojlana boşlaydi. 1960-yillarda bir neçta konstruktorlik byurosi muvaffaqiyatli işlayotgan edi.

Jumladan, turli samolyotlar loyihasi qöyidagi konstruktorlik byurolarida tayyorlanardi:

  • “An” samolyotlari – Oleg Antonov tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida;
  • “Tu” samolyotlari – konstruktor Andrey Tupolev tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida;
  • “Il” samolyotlari – konstruktor Sergey Ilyuşin nomiga qöyilgan konstruktorlik byurosida;
  • “Yak” samolyotlari – konstruktor Aleksandr Yakovlev nomiga qöyilgan konstruktorlik byurosida.

Bundan taşqari, Artyom Mikoyan va Mixail Gureviç tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida “MiG” va Pavel Suxoy tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida “Su” harbiy samolyotlari loyihasi işlab çiqarilgan.

Öşa paytlarda bir vaqtning özida turli aviatsiya zavodlarida önlab turdagi samolyotlar işlab çiqarilardi. Dunyoning bironta davlati, hatto AQŞda ham bunça köp modelda samolyot çiqarilmasdi.

Sovet konstruktorlari tomonidan işlab çiqarilgan barça samolyotlar tor fyuzelajli bölib, SSSRda keng fyuzelajli samolyot tayyorlanmasdi.

1970-yillar boşlarida sovet konstruktorlariga keng fyuzelajli samolyot loyixasini işlab çiqariş topşiriği qöyiladi. Uni bajariş Ilyuşin konstruktorlik byurosi çekiga tuşadi. Köp ötmay “Il-86” nomi bilan keng fyuzelajli samolyot paydo böladi.

Biroq bu samolyot unça ommalaşmaydi va bor-yöği 100 dona atrofida işlab çiqariladi. Ma’lumot uçun SSSRdagi eng ommabop samolyotlardan minglab dona işlab çiqarilgan.

www.airliners.net

Il-86 tarixi

1960-yillarning ikkinçi yarmida SSSRda katta samolyotlar yöq edi. Biroq dunyoning yetakçi aviakorxonalari allaqaçon bunday samolyotlarni tayyorlay boşlagandi.

Öşa paytda mamlakatda yölovçi taşiş bilan şuğullanadigan “Aeroflot” rahbarlari hukumatdan 250-350 yölovçi siğadigan keng fyuzelajli samolyot tayyorlab berişni söraşadi.