«Bizni samolyotlarni tortib oliş qarori bilan esankiratib qöyişdi. Umuman olganda, biz texnik turargohlarda turgan, çet ellarda texnik xizmat körsatilayotgan yoki qandaydir reysni amalga oşirişga hozirlik körayotgan 76 ta yölovçi samolyotlaridan ayrildik. Ularni şunçaki xatlaşgan», — degan vazir. Uning sözlariga köra, hozir Rossiyada 1302 ta samolyot bölib, ularning 1167 tasi yölovçi taşiydi.
Rossiyadagi yölovçi samolyotlaning yarmidan köpi xorijda işlab çiqarilgan, Rossiya aviataşuvçlar ularni lizingga xarid qilişgan. Rossiyadagi xorijiy samolyotlarning 67 foizi Bermud orollari yoki Irlandiyada qayddan ötgan edi. Uruş boşlangaç ularning parvozga yaroqlilik sertifikatlari bekor qilingan.
Bunga javoban RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyada xorijdan lizingga olingan samolyotlarga huquq röyxatdan ötkazişga ruxsat bergan. 2022 yilning martida Savelyyev milliy reyestrga 800 dan ziyod samolyot ötkazilganinni ma’lum qilgan edi. Öşanta trasport vaziri «biz özganing mulkini egallab oldik», degan edi. Ötgan yilning iyunida vazir Rossiya aviakompaniyalari samolyotlarni hibsga olmaydigan 11 ta davlatga parvozlarni davom ettirişini aytgan edi.

Savelyyevning ma’lum qilişiça, Rossiya lizingga beruvçilar bilan samolyotlarni butunlay xarid qiliş töğrisida kelişib olişga harakat qilmoqda, lekin ular muzokaraga kirişmayapti. Vazirga köra, Rossiya samolyotlarni qaytarib bera olmaydi, çunki bu «özini aviatsiyasi qoldirişni anglatadi».
Rossiyaning Ukrainga keng kölamli bosqinidan söng AQŞ, Yevropa Ittifoqi va bir qator boşqa davlatlar öz osmonlarini Rossiya samolyotlari uçun yopişganini e’lon qildi; Airbus va Boeing kompaniyalari Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlariga xizmat körsatiş va ehtiyot qism yetkazişni töxtatişdi; samolyotlarni lizingga yetkazuvçi ayrim kompaniyalar rossiyalik aviataşuvçilar bilan işlaşdan boş tortişdi. Şundan söng Rosaviatsiya mamlakatdagi aviakompaniyalarga xorijga amalga oşirilayotgan barça yuk va yölovçi taşiş qatnovlarini «havo kemalarining xorijda uşlanişi yoki hibsga olinişi tahdidi yuqoriligi tufayli» töxtatişni tavsiya qildi.
Turkiya bojxona va savdo vazirligi Rossiya va Belarusdan 40 ga yaqin samolyotga xizmat körsatiş va yoqilği quyişni taqiqladi. Bu AQŞ savdo vazirligining sanoat va xavfsizlik boşqarmasining eksport amaliyoti töğrisidagi xatiga köra amalga oşirilgan.

















