Toşkentda barpo qilinişi mumkin bölgan osma dor yöli jamoat transporti xavfsizlik, siğim va hatto narx jihatidan maqbul yeçim emas. Keyinçalik bu loyiha xarajatlarini qoplay olmasligi ham mumkin. Şaharsoz Temur Ahmedov Kun.uz'ga bergan intervyusida bunday osma transportdan odatda tomoşabop manzillarda turistik maqsadlarda, masalan toğli manzarali joylarda foydalanilişini, jamoat transporti sifatida yölovçi taşilmasligini aytmoqda.
25 yanvar kuni Toşkent şahar hokimiyati poytaxtning “Mahtumquli” köçasi, “Yangi Özbekiston” boği yölida Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda osma dor yöli jamoat transporti qurilişi mumkinligi haqida xabar berdi. Bu böyiça ikki tomonlama investitsiya şartnomasi imzolangani hamda kanatli taksilarni yölga qöyiş borasidagi loyiha jamoatçilikka oldindan taqdim etilişi ham qayd etilgandi
Kun.uz'ga intervyu bergan şaharsoz Temur Ahmedovning fikriça, hozirda muammoga kömilib yotgan boşkentga bunday qimmat, xavfsiz bölmagan loyiha kerak emas.
“Osma dor yölini jamoat transporti deb bölmaydi. Çunki u asosan toğli joylarda yoki qandaydir katta boğ bölsa, yerdan yurib emas, tepadan köriş uçun qilinadi. Toğlarda esa birinçidan yöl quriş qiyin, ikkinçidan esa odamlar u yerga çiroyli joylarni köriş uçun borişadi. Sekin-şoşmasdan qarab, oilasi bilan aylanib yuradi.
Şunaqa joylarga borganda albatta çiptaning ham narxini tölaydi. Çunki u yerga borişdan maqsad boşqa. Şunga muvofiq [bir yölovçi uçun] köp xarajat bölsa ham tizim buni qoplaydi. Transport sifatida bunday tizimlar ba’zi davlatlar, masalan, Şveytsariyada işlatiladi. Lekin u pastda joylaşgan qişloqdan tepalikka çiqiş uçun vosita bölib xizmat qiladi. Çunki toğli joy. [Bunday joylarda] yo yöl, yo şunday kanatli transport qurişga töğri keladi. Öşa yerda ham yölovçilar şoşmasdan çiqişadi, xavfsizlik uçun qilinadi”,– dedi şaharsoz.
Mutaxassisning qöşimça qilişiça, katta pul sarflanib bu loyiha amalga oşirilgandan keyingi muammolar talaygin. Masalan, biror sabab bilan transport harakati töxtasa yoki yölovçilardan birining mazasi qoçsa, evakuatsiya qiliş masalasi yuzaga keladi.
“
















