23 yanvar kuni Xitoyning Şençjyen şahrida Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov boşçiligidagi delegatsiya «Beijing North Bartholet Ropeway Technology» kompaniyasi vakillari bilan uçraşdi. Poytaxt hokimligining xabar berişiça, uçraşuvda «yaşil» jamoat transportini rivojlantiriş dasturlariga ham töxtalib ötilgan.

Uçraşuvda «Toşkent invest kompaniyasi» va «Beijing North Bartholet Ropeway Technology» örtasida investitsiya şartnomasi imzolangan.

Ta’kidlanişiça, Xitoy kompaniyasi Toşkent şahrida kanatli jamoat transportini yölga qöyişda iştirok etadi.

Hokimlik e’lon qilgan suratlarda dor yölining Toşkent şahri «Mahtumquli» köçasidan Yangi Özbekiston boği tomon qadar qurilganini köriş mumkin. Dor yölida yölovçilarga 10 kişini siğdira oladigan kabinalar xizmat qilişi ham keltirilgan.

Bu boradagi loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlaşga qaratilgan bölib, jamoatçilikka oldindan taqdim etilişi rejalaştirilgan. Jamoatçilik tavsiyalari va takliflari Xitoy kompaniyasi loyiha ofisiga yuborilişi kutilmoqda.

Kompaniya loyihaning xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oşirilişini va operatsion boşqaruvini ta’minlaşi közda tutilgan.

Bundan taşqari, uçraşuvda kompaniya mutaxassislari tomonidan şahar rivoji, aeroport va Expo markazining işga tuşirilişi, şuningdek, bölajak xalqaro tadbirlarni hisobga olgan holda transport holatini örganiş asosida taklif etilgan loyihalar namunalari körsatilgan.