Toşkent şahar Şayxontohur tumanida joylaşgan 71-sonli maktabgaça ta’lim taşkiloti 1966 yilda qurilgan. Şundan buyon muassasa umuman kapital ta’mirlanmagan edi. 2023 yildagi 4 mlrd sömlik kapital ta’mirdan bolalar boğçasi butunlay özgardi.

Binoning devorlari eskirgan, poydevorida zaxlaş alomatlari yuzaga kelgan. Oynalar eski yoğoç romlarga mixlangani sabab, xonalarga şabada kirib turgan. Natijada qişda xonalar yaxşi isimagan. Boğça içki qismidagi yoğoç pollar nimjonlaşib, ba’zi joylari çökib ketgan. Hojatxona hamda yuviniş xonalari yaroqsiz holga kelgan.

Muassasa hovlisidagi asfaltlangan piyoda yöllarida çönqirlar hosil bölgan va tarbiyalanuvçilarning erkin harakat qilişiga tösqinlik qilgan.

Mavjud holatlar hisobga olinib, Şayxontohur tumanida joylaşgan 71-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida 2022 yil 19 dekabr sanasidan kapital ta’mirlaş işlari boşlandi. Taşkil etilganidan buyon roppa-rosa 56 yil ötib, ilk bor töliq ta’mirdan çiqqan uşbu dargohni sayqallaş işlari 2024 yil boşida yakunlandi. 4 mlrd söm hicobiga ta’mirlangan mazkur maktabgaça ta’lim muassasasi joriy yil fevral oyidan bolajonlarni öz bağriga çorlay boşladi.

– Boğça quvvati 360 ta bolaga möljallangan. Jami 12 ta guruh oçiladi. Har bir guruhga 30 nafardan bola qamrab olinadi. Yoşiga qarab, bolalar kiçik, örta, katta va tayyorlov guruhlariga ajratiladi. Kiçik guruhga 2020-2021 yilda, örta guruhga 2019 yilda, katta guruhga 2018 yilda, tayyorlov guruhlariga 2017 yilda tuğilgan bolalar qabul qilinadi.

Tölovlar bitta bolaga 246 ming, agar bir oiladan ikkita bola qatnaydigan bölsa, 175 mingdan. Kam ta’minlagan va boquvçisini yöqotganlarga imtiyozlar ham bor. 1 fevral sanasidan qabulni oçiq deb e’lon qildik, hozirgaça 145 bolani oldik, – deydi maktabgaça ta’lim taşkiloti mudirasi Şohida Qodirova.