Jahon | 21:12 / 10.02.2024
6553
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi

Shinon atom elektr stansiyasining ikkita reaktori yong‘in tufayli to‘xtatildi.

Foto: GUILLAUME SOUVANT / AFP

Fransiya g‘arbida joylashgan Shinon atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda ikkita reaktor to‘xtatildi. Bu haqda Fransiya yadroviy xavfsizlik boshqarmasi (ASN) saytida xabar berildi.

Yong‘in 10 fevralga o‘tar kechasi 3-reaktor transformatorida «nazorat qilinadigan hududdan tashqarida» sodir bo‘lgan.

«Ushbu yong‘in oqibatida 3-raqamli reaktor tashqi elektr ta’minotidan uzilgan. Shundan so‘ng, reaktor avtomatik ravishda to‘xtab qolgan», deyiladi xabarda.

ASN ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgandan so‘ng, uchinchi reaktor bilan foydalanilgan suvni yig‘ish bo‘yicha umumiy drenaj tizimiga ega bo‘lgan qo‘shni to‘rtinchi reaktor ishi ham vaqtincha to‘xtatilgan. Bu uning toshib ketishi va atrof-muhitga suv oqmasligi uchun qilingani ta’kidlanmoqda.

Xabarda Shinon AES atrofidagi radiatsiya foni haqida xabar berilmagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid