O‘zbekiston | 09:50 / 12.02.2024
11847
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi

1 yanvar holatiga, jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan. Bu – ikki yil oldingi ko‘rsatkichdan 23 foizga ko‘p. Yengil avtomobillar soni har 1000 kishiga 98 tani tashkil etyapti.

Foto: Kun.uz

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Aholiga tegishli avtotransport vositalari:

  • yengil avtomobillar – 3 759 045 ta; 
  • yuk avtomobillari – 240 917 ta; 
  • avtobuslar – 6 297 ta;
  • mikroavtobuslar – 9 102 ta;
  • maxsus transportlar – 5 383 ta.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni:

  • 2022 yil 1 yanvar holatiga: 3 268 470 ta (shundan 3 051 734 tasi yengil avtomobil);
  • 2023 yil 1 yanvar holatiga: 3 637 119 ta (shundan 3 396 520 tasi yengil avtomobil);
  • 2024 yil 1 yanvar holatiga: 4 020 744 ta (shundan 3 759 045 tasi yengil avtomobil).

2024 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan. Shunga ko‘ra, yengil avtomobillar soni har 1000 kishiga 98 tani tashkil etilmoqda. 2023 yilning 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 95 ta bo‘lgan.

Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda 418 734 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ularning rusumi quyidagicha:

  • “Cobalt”  –  118 093 dona
  • “Damas” – 89 154 dona 
  • “Lacetti-Gentra” – 82 133 dona
  • “Tracker” – 48 082 dona
  • “Onix” – 30 596 dona
  • “Chery” – 9 829 dona
  • “KIA” – 15 036 dona
  • “Exeed” – 91 dona
  • “Haval” – 134 dona
  • Maxsus yengil avtomobillar – 25 586 dona

Avvalroq, 2023 yilda xorijdan 73 204 ta yengil avtomobil import qilingani, bu 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘pligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid