Özbekiston avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan Sudoçe köllar tizimini xalqaro ahamiyatga ega bölgan suv-botqoq hududi deb e’lon qilgandi. Bugungi kunda çegaralari aniqlangan köllar Ramsar konvensiyasining 2.1-moddasiga muvofiq rasmiy ravişda Xalqaro ahamiyatga ega bölgan suv-botqoq yerlar röyxatiga kiritilgan.

Ayni paytda respublikadagi xalqaro ahamiyatga ega bölgan suv-botqoq yerlarning umumiy soni törttaga yetdi va bu hududlarning maydoni bugungi kunda 674,4 ming gektarni taşkil etadi.

Konvensiya kotibiyati xabarida röyxatga yangi obekt kiritilişi Özbekistonning dunyodagi eng muhim suv-botqoq yerlarini saqlaş va ulardan barqaror foydalanişga qaratilgan Ramsar konvensiyasini amalga oşirişga sodiqligini körsatişi alohida ta’kidlangan.

Ma’lumot uçun, Sudoçe 1960-yillarda dunyodagi törtinçi yirik köl hisoblangan Orol dengizining kiçik qismi bölib, joriy yilning may oyida köllar tizimi Özbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bölgan Ramsar suv-botqoq yerlari röyxatiga kiritilgan 4-obektga aylandi. Röyxatga, şuningdek, Dengizköl köli (2001), Arnasoy köllar tizimi (2008), Tödaköl va Quyimozor suv omborlari (2020) kirgan.