Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniyning o‘limi fonida Rossiya qamoqxonalariga mas’ullarning harbiy darajasi ko‘tarildi
Foto: VKontakte
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan mamlakatdagi o‘nlab harbiylarning darajasi ko‘tarildi. Xususan, Jazoni ijro etish federal xizmati rahbari o‘rinbosari Valeriy Boyarinev ichki xizmat general-polkovnigi unvonini oldi.
Bundan tashqari, Rossiya qamoqxonalariga mas’ul bo‘lgan tashkilotning boshqa mansabdorlari Aleksandr Rozin, Dmitriy Sharatov va Aleksandr Fedorovning harbiy darajasi ko‘tarildi.
Bu ko‘tarilishlar Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy qamoqxonada o‘lgani fonida yuz bermoqda. Navalniy Sibirdagi Yamalo-Nenets avtonom okrugi Xarp qishlog‘idagi qamoqxonada vafot etdi. Avvalroq muxolifatchining jamoasi yuritadigan Telegram-kanalda uning qamoqxonadagi huquqlarini cheklashda aynan Boyarinev «bosh-qosh» bo‘lgani aytilgandi.
Mavzuga oid
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:54 / 17.02.2026
15 davlat Navalniyning o‘limini tergov qilishni talab etmoqda
11:04 / 16.02.2026
AQSh Navalniy epibatidin bilan zaharlanganiga shubha qilmayapti
09:17 / 16.02.2026