Global sun’iy intellekt indeksiga köra, Xitoy sun’iy intellekt reytingida AQŞdan keyin ikkinçi örinda turadi. 2022/23 yillarda Xitoyda bu sohaga xususiy sektordan jalb qilingan investitsiya 95 mlrd dollarni taşkil qilgan. Hukumat ham sun’iy intellekt poygasiga faol sarmoya kirityapti. 2027 yilga borib mamlakat hukumati kiritgan sarmoya 38,1 mlrd dollarni, dunyodagi jami investitsiyaning 9 foizini taşkil qilişi kutilyapti.
Tencent, Huawei va Baidu kabi kompaniyalar Xitoyda sun’iy intellektning liderlari bölib kelmoqda. ÇatGPT'ning xitoyça alternativi sifatida körilayotgan Tencent kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Keng til modeli (LLM), Huawei kompaniyasi taqdim qilgan Pangu, Baidu tomonidan işlab çiqilgan va tez ommalaşgan Ernie dasturlari xitoyliklar tomonidan faol işlatilmoqda.
Xitoyça sun’iy intellekt qanday işlaydi?
Xitoyning Baidu kompaniyasi qidiruv tizimiga asoslangan sun’iy intellekt sohasidagi lider kompaniya hisoblanadi. Uni Google'ning ekvivalenti ham deyişadi.
Kompaniya xuddi AQŞdagi "hamkasbi" kabi sun’iy idrok funksiyalarini özining asosiy xizmatlariga integratsiya qilib oldi. Kompaniya foydalanuvçilari uçun yaxşiroq işlaş tajribasini şakllantirib boryapti. Kompaniya 2022 yilda özi işlab çiqqan sun’iy intellekt dasturi yordamida 1965 yilda vafoti sabab tugallanmay qolgan rassomning işini tugatib berganda köpçilikni hayratga solgandi.

Erni Bot
Baidu kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Erni sun’iy idrok dasturi hozirda 4-versiyada işlamoqda. Kompaniyaning iddao qilişiça, u daraja jihatdan ChatGPT-4 bilan tenglaşa oladi.

2023 yil oxirida kompaniya özining çatbotini ommaga taqdim etganidan atigi 4 oy ötib uning foydalanuvçilari 100 mlndan oşib ketganini ma’lum
















