Xitoy AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan yangi boj tariflariga norozilik bildirdi.

Xitoy Savdo vazirligi bayonotida Pekin bu qarorga qat’iyan rozi emasligini va öz huquq va manfaatlarini himoya qiliş uçun qat’iy qarşi çoralar köriş niyatida ekanligi ta’kidlanadi.

«Qöşma Ştatlarda «özaro tariflar» deb ataladigan siyosat sub’yektiv va bir tomonlama baholaşga asoslangan va xalqaro savdo qoidalariga mos kelmaydi. Bu bir tomonlama iqtisodiy majburlaş namunasidir. Bunday harakatlar nafaqat Qöşma Ştatlarga zarar yetkazadi, balki jahon iqtisodiyoti rivojlanişi va ta’minot zanjirlari barqarorligiga tahdid soladi», deyiladi bayonotda.

Bundan taşqari, Xitoy tomoni Amerika Qöşma Ştatlari «özaro» bahonasida barça savdo hamkorlari uçun tariflarni oşirganini va şu bilan köp yillik savdo muzokaralari davomida erişilgan manfaatlar muvozanatini e’tiborsiz qoldirganini ta’kidladi.

«Tarix bojlarni oşiriş Amerika muammolarini hal qilmasligini isbotlaydi. Savdo uruşlarida ğoliblar yöq, proteksionizm esa yeçim emas», deyiladi bayonotda.

Xitoy Qöşma Ştatlarni bir tomonlama tarif çoralarini bekor qilişga va savdo hamkorlari bilan kelişmovçiliklarni teng muloqot orqali hal qilişga çaqirdi.

AQŞ Xitoy tovarlariga 34 foizlik boj joriy qildi. AQŞ prezidenti Donald Tramp 4 apreldan boşlab boşqa davlatlarga «özaro tariflar» qöllaşni boşlaşini ma’lum qildi. Asosiy tarif stavkasi 10 foizdan ortiq böladi, qöşimça bojlar esa barça çeklovlar, şuningdek, nohaq raqobat körinişlarini hisobga olgan holda mamlakatga qarab joriy etiladi.

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi ham AQŞ tariflariga qarşi çoralarni tayyorlamoqda. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) prezidenti Ursula fon der Lyayyen aytib ötdi. Uning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Trampning barça mamlakatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar joriy etiş haqidagi qarori jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi.

YeK rahbarining eslatişiça, YeI har doim AQŞ bilan savdo tösiqlarini bartaraf etiş böyiça muzokaralarga oçiq.

«Şu bilan birga, biz qarşi çoralar körişga tayyormiz. Biz pölat tariflariga javoban birinçi paketni tayyorlamoqdamiz. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda biz öz manfaatlarimiz va biznesimizni himoya qiliş uçun qöşimça çora-tadbirlarni tayyorlayapmiz», dedi u.