Ayrim turdagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati soliq idoralaridan sudlarga o‘tkaziladi
Soliq solish obektlarining hisobini va hisobotini yuritish belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish bilan bog‘liq ayrim turdagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati soliq idoralaridan sudlarga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada aytilishicha, mamlakatda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish, shu jumladan soliqqa oid munosabatlarda qonuniylik va odillik prinsipini ta’minlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotining tahlili ushbu sohada hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Qonun bilan soliq solish obektlarining hisobini va hisobotini yuritish belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish bilan bog‘liq ayrim turdagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati soliq idoralaridan sudlarga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun tadbirkorlik sub’yektlarini ma’muriy javobgarlikka tortishda qonunbuzilishlarining oldini olishga, shuningdek, ushbu munosabatlarda qonuniylik va odillik kabi prinsiplarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilinishini ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
13:57 / 29.10.2024
Skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024