Jahon | 21:15 / 29.02.2024
6575
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyati tilga olindi

Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzod bo‘lish uchun harakat qilishi kerak, degan mamlakat parlamenti rahbari.

Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan. Foto: : factor.am

Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini tanlab, Moldova va Ukraina kabi a’zo bo‘lishga nomzod statusini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Alen Simonyan ta’kidlab o‘tgan, deb xabar beradi Azatutyun radiosi.

Jurnalistlarning Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga tayyormi, Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun nomzodlik statusini qo‘lga kiritish maqsadini o‘z oldiga qo‘ya oladimi, deb bergan savoliga siyosatchi bunday imkoniyatni o‘ylab ko‘rish kerak, deb javob bergan.

“Biz harakat qilishga tayyormiz va bizga eng mustahkam xavfsizlikni taqdim eta oluvchi yo‘nalishda harakat qilamiz. Hozir esa bizning demokratik davlat ekanligimiz xavfsizligimizning eng muhtim tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilmoqda”, — degan Simonyan.

Bu holatda spiker Armanistonning NATOga a’zolik masalasi umuman muhokama qilinmayotganiga urg‘u bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizdik shartnomasi tashkilotidagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan edi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston asosiy mudofaa va harbiy hamkori sifatida ortiq Rossiyaga tayana olmasligini bildirgan edi.

Mavzuga oid