Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Nexia-3» avtomobili 2 nafar piyodani urib yubordi
Poytaxtning Yashnobod tumanida «Nexia-3» avtomobili va piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 28 fevral kuni soat 10:20 larda Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi «Nexia-3» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodalar - 1968 yilda tug‘ilgan K.R. va 1972 yilda tug‘ilgan Sh.R. tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni va harakat davomida hushyorlikni yo‘qotmaslikni so‘rab qolamiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026