Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT)ning ma’lum qilişiça, 17 iyundan beri Isroil boşçiligidagi Ğazo gumanitar yordam jamğarmasi yordam karvonlariga yetib borişga uringan kamida 580 falastinlik halok bölgan.
Ğazodagi voqealar BMT Xavfsizlik kengaşi (BMT XK)da muhokama qilindi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining Yaqin Şarq, Osiyo va Tinç okeani böyiça örinbosari Xolid Xiari a’zo davlatlarga ma’lumot berdi. Uning ta’kidlaşiça, Isroil qariyb 80 kundan beri Ğazoga gumanitar va tijorat yordamlarining kirib kelişiga tösqinlik qilmoqda. Xiari sönggi kunlarda mintaqaga çeklangan yordam kelayotganini, lekin bu yordam ğazoliklarning jiddiy gumanitar ehtiyojlarini qondirişdan ança kamligini ta’kidladi.
Boş kotib örinbosari Isroilni xalqaro huquq böyiça öz majburiyatlarini bajarişga va muhtoj fuqarolarga gumanitar yordamning tez va tösiqsiz ötişini ta’minlaşga çaqirdi.
Xiari sözlariga köra, 17 iyundan beri Isroil va AQŞ boşçiligidagi Ğazo gumanitar jamğarmasi yordam karvonlariga yetib borişga harakat qilgan kamida 580 nafar falastinlik halok bölgan: «Ğazoda yordam olişga uringan falastinliklarning öldirilişi va jarohatlanişini keskin qoralaymiz. Bu hodisalar yuzasidan zudlik bilan mustaqil tergov ötkazilişi va aybdorlar javobgarlikka tortilişi kerak».









