27 iyun, juma kuni Estoniya Birlaşgan Millatlar Taşkilotini piyodalarga qarşi minalarni taqiqlovçi Ottava konvensiyasidan çiqişi haqida rasman xabardor qildi. Tegişli hujjatlar BMT ştab-kvartirasiga taqdim etildi, deb xabar qildi Estoniya TIV. Tallin konvensiyadan çiqişning asosiy sabablaridan biri sifatida «Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi natijasida yomonlaşgan mintaqadagi xavfsizlik holati», şuningdek, milliy xavfsizlik sohasidagi «şoşilinç mulohazalar»ni keltirdi.

«Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşi saboqlari şuni körsatadiki, mamlakatimizni yaxşiroq himoya qiliş uçun biz duşman amal qilmaydigan qurollarga bir tomonlama çeklovlar qöymasligimiz kerak», — dedi Estoniya taşqi işlar vaziri Margus Tsaxkna. Uning sözlariga köra, Ottava konvensiyasidan çiqiş Estoniyaga «mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş uçun zarur bölgan qurol tizimlari, vositalari va yeçimlarni tanlaşda köproq moslaşuvçanlik» beradi.

Xuddi şu kuni Litva ham BMTni piyodalarga qarşi minalarni taqiqlovçi konvensiyadan çiqişi haqida xabardor qildi. «Putin Rossiyasi Yevropa uçun eng katta uzoq muddatli ekzistensial tahdiddir... Bunday tahdidlar oldida Litva öz davlatini, aholisini va NATO hududining har bir santimetrini himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni köradi – barça samarali harbiy vositalar bilan», — deb yozdi Litva taşqi işlar vaziri Kyastutis Budris.

1997 yilda imzolangan Ottava konvensiyasi piyodalarga qarşi minalardan foydalaniş, saqlaş, işlab çiqariş va topşirişni taqiqlaydi. Uni 160 dan ortiq davlat va hududlar, jumladan, Ukraina imzolagan. Rossiya va AQŞ imzolaganlar orasida yöq. Sönggi oylarda Litva va Estoniyadan taşqari, Latviya, Polşa va Finlandiya ham konvensiyadan çiqişini e’lon qildi. Bu mamlakatlarning barçasi Rossiya bilan çegaradoş va Moskva ularga bevosita tahdid soladi, deb hisoblaydi.