3 iyul, payşanbaga ötar keçasi Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Lipetsk viloyatiga uçuvçisiz uçoqlar bilan hujum qildi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Igor Artamonov. Unga köra, Yelets şahrida dron korxonalardan birining avtoturargohiga qulagan. Yonğin sodir böldi, u mahalliylaştirilgan. Yaqin atrofdagi ustaxonalar xodimlari evakuatsiya qilindi, qurbonlar yöq.
Igor Artamonov bu qanday korxona ekanini aniqlaştirmadi, biroq Ukrainaning Exilenova+ kanali dronlar Rossiyaning kimyoviy energiya manbalarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan eng yirik korxonasi — "Energiya"ga hujum qilganini bildirmoqda.
Mahalliy aholi ham uşbu korxona hujumga uçragani haqida xabar berdi, deb yozadi Rossiyaning Astra Telegram kanali.
Bundan taşqari, Lipetsk viloyati gubernatori dron qoldiqlari Lipetsk okrugidagi xususiy turar joy binosiga tuşgani haqida xabar berdi. Mahalliy aholidan biri halok böldi, ikki kişi yaralandi. Şuningdek, dron Yeletsda qurilayotgan köp qavatli uyning bir qismiga tegdi. Derazalar şikastlangan. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilindi, heç kim jabrlanmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, tunda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning 69 ta, şu jumladan, Lipetsk viloyatida 10 ta uçuvçisiz uçoğini urib tuşirgan.













