Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchuvchilarning mashg‘ulot bazasidagi Putin va Ukraina sharqidagi tankchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 764-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Sevastopol atrofida Rossiyaning Su-35 qiruvchisi quladi.
- Reuters agentligi yozishicha, neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar hujumi fonida Rossiya Belarusdan benzin xarid qilish hajmini oshirgan.
- RF qo‘shini Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi. Zaporijjyada ikki kishi yaralangan.
- «Komsomolsk» guruhi konsert faoliyatini to‘xtatdi. Musiqachilar «taqiqlangan artistlar» ro‘yxatida bo‘lgan va anneksiya qilingan Melitopolda chiqish qilgandi.
- Tergov qo‘mitasi «Krokus»dagi terrorchilarning «ukrain millatchilari» bilan aloqasi aniqlanganini ma’lum qildi.
- «Rossiyalik mulozimlar yaxshigina go‘ng sotuvchilarga o‘xshayapti». Oq uy Moskvaning Ukraina «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarini «propaganda» deb atadi.
- The New York Times AQSh o‘z manbalarini oshkor qilishdan xavotirlanib, terakt tayyorlanayotgani haqida o‘zida mavjud bo‘lgan barcha razvedka ma’lumotlarini Rossiyaga taqdim etmagani haqida xabar berdi.
Uglegorskdagi vayrongarchilik
Donetsk oblastining Uglegorsk shahri qariyb 10 yildirki o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR tarkibida. RF qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangach, urushga qadar yetti ming kishi yashagan Uglegorsk muntazam ravishda zarbalarga uchrab kelmoqda. DXR rasmiylari ukrain qo‘shini shahar bo‘ylab o‘t ochishi haqida xabar beradi, Rossiya Tergov qo‘mitasi otishmalar yuzasidan jinoiy ishlar ochadi, Ukraina tomoni esa odatda Uglegorsk va Rossiya Donetsk oblastida bosib olgan boshqa shaharlar bo‘ylab zarbalarni izohsiz qoldiradi.
Vladimir Putin RF mudofaa vazirligi uchuvchilarining mashg‘ulot bazasida
RF prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligining Tver oblastidagi jangovar foydalanish va uchuvchilarni qayta tayyorlash markaziga tashrif buyurdi. Unga Mi-28 va Mi-8 vertolyotlari namoyish etilgan, shuningdek u Mi-26 pilotlari trenajyorida shug‘ullangan.
Mixail Metsel / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Karpuxin / AFP / Scanpix / LETA
Mixail Metsel / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qiruvchi samolyoti Donetsk oblastidagi jangovar parvoz chog‘ida
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik tankchilar otryadi hayoti
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21 / 05.12.2025