Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohat oldi
Chilonzor tumani Seul ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
31 mart kuni soat 22:45 da Toshkent shahri Chilonzor tumani Seul ko‘chasida YTH ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda YHXB axborot xizmati.
Unda 3 ta avtomobil ishtirok etgan: Nexia 3 (haydovchisi 30 yosh) va 2 ta Cobalt (haydovchilari 22 va 42 yosh). Hodisa qanday yuz bergani bo‘yicha ma’lumot berilmagan.
YTH oqibatida 22 va 30 yoshli haydovchilar jarohatlanib, shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


«Barcha haydovchilardan belgilangan yo‘l harakati qoidalarga amal qilishni hamda tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmaslikni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:57
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026