Aprel oyining navbatdagi haftasida siyosiy voqealarning moliyaviy bozorlarga ta’siri kuçli böldi va bozorlarni sezilarli darajada pasaytirib yubordi. Tarixda birinçi bor Eron töğridan töğri Isroilga hujum qildi. Bu voqea Yaqin Şarq hududida keskinlikni yanada oşirib yubordi. Oqibatda, nafaqat AQŞ fond bozori, balki rivojlanayotgan mamlakatlarning fond bozorlari ham zarar kördi. Bundan taşqari, AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jyerom Povel mart oyidagi makroiqtisodiy ma’lumotlariga qisqaça izoh berdi. Uning ta’kidlaşiça, sönggi tahlillar inflatsiya pasayişi böyiça kelgusida progress yöqligini körsatmoqda va yuqori stavkalar uzoqroq vaqt, ya’ni 2 foizlik inflatsiyaga erişilmagunça saqlanib qolişi mumkin.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 15 apreldan 19 aprelgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.  

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 4967 (hafta boşidan -3,05 foiz, yil boşidan +4,14 foiz);
  • NASDAQ – 17037 (hafta boşidan -5,36 foiz, yil boşidan +1,26 foiz);
  • DJI – 37986 (hafta boşidan +0,01 foiz, yil boşidan +0,79

foiz).

AQŞ fond indekslari siyosiy va makroiqtisodiy ma’lumotlar oqibatida, joriy haftada 2024 yildagi eng yirik korreksiyani qayd etdi. Bunga köra, NASDAQ indeksi korreksiyada yetakçilik qilib, bir hafta içida 966 punktga, S&P500 indeksi esa 156 punktga pasaydi. Şunga qaramay, Dow Jones indeksi yöqotişlardan saqlanib qoldi va haftani 3 punkt kötariliş bilan yakunladi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2391 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +2,07 foiz, yil boşidan +15,9 foiz;
  • Kumuş – 28,6 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +2,57 foiz, yil boşidan +20,7 foiz;
  • Alyuminiy – 2649 dollar (1 tonnasi) hafta boşidan +7,17 foiz, yil boşidan +11,25 foiz:
  • Mis – 4,5 dollar (1 funti) hafta boşidan +4,09 foiz, yil boşidan +15,87 foiz.

Qimmatbaho metallarning barçasi ösiş sur’atini taqdim etdi. Masalan, alyuminiy va oltin mos ravişda 177 dollar va 48 dollarga ösgan bölsa, kumuş va mis 72 va 18 sentga qimmatlaşdi.

Neft

  • WTI – 82,07 dollar (hafta boşidan -3,91 foiz, yil boşidan +15,11 foiz);