2024 yilning ikkinçi savdo haftasi yetarliça jöşqin ötdi. Hafta nafaqat fond bozori, balki jahon moliyaviy bozorlariga ta’sir etadigan turli xabarlarga boy böldi. Eng muhimlaridan biri, AQŞ inflatsiya ma’lumotlari bozorni tebratib yubordi, çunki uşbu körsatkiç bozor iştirokçilarining optimistik prognozlaridan ham baland böldi – 3,4 foiz. Qimmatli qoğozlar va birja komissiyasi tomonidan Bitcoin ETF tasdiqlanişi ham bozorning tebranişiga olib keldi. Buning naijasida Bitcoin ösdi, ammo bir qator yirik invest fondlar va brokerlik xizmatlar (Vanguard, Merril Lynch (Bank of America), Citi, UBS va Edward Jones) bu ETF’ni xarid qilişda mijozlariga taqiq qöyişi natijasida Bitcoin juma kuni quladi. Hafta söngida AQŞ havo kuçlarining Yamanga uyuştirgan hujumlari himoya aktivlari sifatida köriladigan oltinning ösişiga sabab böldi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 8 yanvardan 12 yanvargaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
- S&P500: +1,84 foiz (yil boşidan +0,29 foiz);
- NASDAQ: +3,23 foiz (yil boşidan +0,04 foiz);
- DJI: +0,34 foiz (yil boşidan -0,26 foiz).
AQŞ fond bozori indekslari ösiş jarayonini qayta davom ettirdi. Sönggi haftani TŞ NASDAQ va S&P500 indekslari 527 va 87 punkt, Dow Jones indeksi esa 127 punkt ösiş bilan yakunladi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin: +0,17 foiz (yil boşidan -0,67 foiz);
- Kumuş: +0 foiz (yil boşidan -2,51 foiz);
- Alyuminiy: -2,44 foiz (yil boşidan -7,21 foiz);
- Mis: -1,63 foiz (yil boşidan -3,79 foiz).
Aksariyat qimmatbaho metallar (oltindan taşqari) pastlaşuv tendensiyasini oldingi haftadan beri tugatgani yöq. Alyuminiy bir hafta içida 55 dollarga, mis 6 sentga arzonlaşib, kumuş özgarişsiz qoldi. Ammo, oltin beqaror va tinimsiz uruşlar sababli ösiş sur’atini taqdim etdi va 3,6 dollarga qimmatladi.
Neft
- WTI: -1,56 foiz (yil boşidan +2,03 foiz);
- BRENT: -0,58 foiz (yil boşidan +1,70 foiz).
Neft joriy hafta fletda harakatlanişini davom ettirdi, ammo oldingi hafta bilan soliştirganda qizil şamçiroq bilan yakunlandi. Xususan, neftning WTI markasi bir hafta içida 1,15 dollarga, BRENT esa 46 sentga arzonlaşdi.








