Jahon moliya bozorlari dunyoning bir qator markaziy banklari tomonidan olib borilgan Miqdoriy qisqariş siyosati ta’sirini turli ravişda boşlaridan ötkazmoqda. Masalan, AQŞning Federal zaxira tizimi (FZT) hozirda foiz stavkalarini bir neça yiğilişlardan beri özining tarixiy çöqqisida özgarişsiz uşlab turgan bölsa ham, mamlakatning fond bozori qisqartiriş siyosati e’lonidan söng yöqotgan pozitsiyasini butunlay tikladi va yangi çöqqilarni zabt etişni boşladi. Sönggi hafta savdolarida S&P500 va NASDAQ indekslari yangi tarixiy maksimumlarini örnatdi va mos ravişda 4907 va 17665 punktgaça kötarilişga muvaffaq böldi. Bunga yordamçi sabablardan biri AQŞda 2023 yilning IV çoragiga oid YaIM körsatkiçi 3,3 foiz bölişidir. Bu fond bozoriga qöşimça optimizm taqdim etdi. Endilikda, bozor iştirokçilari aksiyalarning ösiş sikli ustuvor bölişiga umid qilişmoqda. Bundan taşqari FZT foiz stavkasini yaqin orada tuşiriş masalasini rasmiy majlislarda körib çiqişni boşlaşi prognoz qilinmoqda.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 22 yanvardan 26 yanvargaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.  

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500: +1,06 foiz (yil boşidan +2,54 foiz);
  • NASDAQ: +0,62 foiz (yil boşidan +3,54 foiz);
  • DJI: +0,65 foiz (yil boşidan +1,11 foiz).

AQŞ fond bozori indekslari sönggi hafta «uptrend» harakatini davom ettirdi. NASDAQ hafta davomida 107 punktga, Dow Jones 246 punktga va S&P500 indeksi 52 punktga kötarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin: -0,57 foiz (yil boşidan -2,17foiz);
  • Kumuş: +0,82 foiz (yil boşidan -4,18 foiz);
  • Alyuminiy: +3,92 foiz (yil boşidan -5,47 foiz);
  • Mis: +1,76 foiz (yil boşidan -0, 65 foiz).

Oltindan taşqari, barça asosiy qimmatbaho metallar hafta mobaynida ösiş sur’atini taqdim etdi. Xususan, oltin butun 5 kunlik savdo sessiyasi davomida 11 dollarga arzonlaşgan bölsa, alyuminiy, kumuş va mis mos ravişda 85 dollar, 18 sent va 7 sentga qimmatlaşdi.

Neft

  • WTI: +6,45 foiz (yil boşidan +9,57 foiz);
  • BRENT: +5,66 foiz (yil boşidan +7,87 foiz).