6 aprel, yakşanba kuni «Vaşington Kepitalz» jamoasining rossiyalik forvardi Aleksandr Oveçkin Milliy hokkey ligasi muntazam çempionatlarida 895-şaybasini «Nyu-York Aylenders»ga qarşi mehmonda keçgan bahsda kiritdi va bu körsatkiç böyiça yangi rekordçiga aylandi. NHL afsonasi Ueyn Gretskiga tegişli avvalgi rekord 26 yil saqlanib turgandi.

Ligadagi 20 yillik faoliyati davomida 39 yoşli Oveçkin faqat bir marta Stenli kubogini qölga kiritdi va şuning uçun NHLdagi umumiy gollar soni böyiça Gretskidan ança orqada: 967:1016. U liganing pley-off öyinlarida kanadalikning 122 ta şaybasi bilan soliştirilganda atigi 72 ta şayba kiritgan. Oveçkin faoliyatining asosiy qismida uning "Vaşington" jamoasi muntazam ravişda pley-off bosqiçining boşidayoq Stenli kubogi uçun kuraşdan çiqqan.

Stenli kubogining tört karra ğolibi, hozir 64 yoşda bölgan Ueyn Gretski 1979 yildan 1999 yilgaça NHLda öynagan. Faoliyati davomida u NHLda 2857 oçko töplagan, 894 gol urgan va 1963 ta şaybaga assistentlik qilgan. Uning eng yaqin ta’qibçisi çexiyalik Yaromir Yagr 1921 oçko töpladi. Hozirda faoliyatini davom ettirayotgan hokkeyçilar orasida uşbu körsatkiç böyiça birinçi öntalikka 1682 oçko bilan "Pitsburg Pingvinz" jamoasidan 37 yoşli Sidni Krosbi kiradi. Oveçkin hozirda 11-örinda bormoqda: "gol+pas" tizimiga köra, uning hisobida 1618 oçko bor.