Söz erkinligi masalasida qat’iy siyosiy iroda mavjudligi bot-bot takrorlanar ekan, endi bu erkinlikni parvarişlaş uçun davlat, jamiyat va OAVdan vazminlik, siyosiy madaniyat va huquqiy malaka talab etiladi. Jurnalistlar öz faoliyatiga erkinlikni saqlaş va kengaytiriş motivi bilan yondaşişi zarur, toki bugungi erkinlik ertangi erksizlikka sabab bölmasligi kerak.

Özbekiston “Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro taşkilotining matbuot erkinligi reytingida 11 poğonaga pastlab, 148-öringa tuşdi. Xöş, nega Özbekistonda söz erkinligi darajasi pasaydi degan örinli savol paydo böladi. Mening nazarimda, buning uçta asosiy sababi bor.

Birinçisi, oldingi yilda bölib ötgan “Kompromatuzb” işi, qamalgan ba’zi blogerlar. Bir tomondan, media sohasiga endi kirib kelgan köplab blogerlarda huquqiy fikrlaş, “qonun doirasidan çiqib ketmasligim kerak” degan qaraş nisbatan zaif. Blogerlar, jurnalistlar bilib-bilmay huquqiy doiradan çiqib ketgan bölişlari, xato va jinoyatlar qilib qöygan bölişi mumkin. Lekin ayni paytda Özbekistonda hali OAV va blogerlarni muttasil ogohlantiriş tizimi ham mavjud emas. Xorijiy huquqiy davlatlarda jurnalist va blogerlarni ogohlantiriş tizimlari yaxşi işlaydi. Qolaversa, blogerlar va jurnalistlarning ijtimoiy himoyasi ham yuqori. Özbekistonda esa jurnalistlar va blogerlarni birdaniga uzoq yillarga qamaş holatlari kuzatildi (ayni paytda, ular muddatidan oldin ozodlikka çiqarilgan holatlar ham bor).

Reytingdagi pastlaşga ta’sir qilgan ikkinçi vaziyat, menimça, bu – 2022 yilda Qoraqalpoğistonda bölib ötgan holatlar. Bu borada aytiş kerakki, Özbekiston xalqi, millati va davlati özining hududiy yaxlitligini yuqori qadrlaşi kerak va qadrlaydi ham. Har qanday içki yoki taşqi inqirozlar, muammolar ijtimoiy-siyosiy kayfiyatga salbiy ta’sir qiladi. Erkinliklar – böhronlar ustida ösmaydi, şakllanmaydi. Aksinça, böhronlar va inqirozlar – erkinlikni yemiruvçi omillar hisoblanadi. Zöriqişlar va töqnaşuvlar – erkinlikning eng katta kuşandasi hisoblanadi.

Uçinçi muammo – bu hukumat va OAVdagi inersiya holati. Özbekistonning söz erkinligi borasidagi tajribasi deyarli yöq. 2016 yilga qadar Özbekiston söz va fikr erkinligi – barqarorlikka eng katta tahdid degan qaraşda edi. Xavfsizlik va barqarorlikni kuç bilan, bosimlar bilan ta’minlaş – odatiy holat edi. Şuning uçun ham OAV, jurnalistlar uçun muammolarni gapiriş haliga qadar psixologik zöriqiş çaqiradi.