O‘zbekiston | 11:23 / 14.05.2024
2409
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda turistik klasterlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda 

Turistik klasterlar kichik sanoat zonalariga tenglashtiriladi va turistik klasterlarga nisbatan kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari imtiyoz va afzalliklari tatbiq etiladi.

Zomindagi yangi osma ko‘prik Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Turistik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Turistik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

  • turistik klasterlar xizmat ko‘rsatishning zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda, barcha uchun teng bo‘lgan shartlarda mahalliy va xorijiy turistlarga yetkazib berish;
  • tematik eko, agro, etno, ekstremal, tibbiy va sog‘lomlashtirish, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa turistik klasterlarini tashkil qilishga alohida e’tibor qaratish;
  • davlat tomonidan turistik klasterlarini tashkil etishda zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • turistik klasterlar hududida “xizmatlar taqdim etuvchi” – “xizmatlarni targ‘ib etuvchi” – “xizmatlardan foydalanuvchi” tamoyili asosida faoliyatni tashkil etish;

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

a) Turizm qo‘mitasi:
xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turistik klasterlarning yangi turdagi xizmat va mahsulotlarini targ‘ib qilish va ommalashtirish choralarini ko‘radi;

b) turistik klasterlar kichik sanoat zonalariga tenglashtiriladi va turistik klasterlarga nisbatan kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining imtiyoz va afzalliklari tatbiq etiladi;

v) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
turistik klasterlar tashkil etilgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari birinchi navbatda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish nazarda tutiladi;

g) 2025-2030 yillarda turistik klasterlariga birlashgan turoperator-mehmonxona-transport-xizmat ko‘rsatish kabi 4 ta xizmatni birlashtirgan Turistik klasteri maqomini olgan obektlarga Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni targ‘ib qilish bilan ishtirok etishda ustuvorlik beriladi;

d) turistik klaster ishtirokchilari bo‘lgan barcha tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2025 yil 1 martga qadar xorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Turistik klasterlarning master rejalarini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlaydi:

  • hududdagi elektr tarmoqlarini yer ostidan o‘tkazish;
  • klaster hamda uni boshqa hududlar bilan bog‘lovchi yo‘llarda maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklari mavjud bo‘lishi;
  • hududdagi elektromobillar va boshqa turdagi transport vositalari (quvvat oluvchi gibrid transport vositalari) uchun elektr quvvatlanish stansiyalari nuqtalarini belgilash;
  • hududda o‘rnatilgan tartibda aeronavigatsiya vositalari va kichik sig‘imdagi havo kemalari (vertolyotlar) uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini joylashtirishni belgilash;
  • hudud salohiyatidan kelib chiqib, sportning ekstremal turlari, shu jumladan ziplayn, fotosuratlar olish uchun manzarali va noyob joylarda selfi zonalar kabi obektlarni joylashtirish;
  • hududda o‘rnatiladigan yo‘l ko‘rsatkichlari va namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish hamda chiqindilarni tashlash nuqtalarini belgilash;
  • turistik obektlarda, shu jumladan suvenir va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi obektlarini joylashtirish.

Mavzuga oid