— «Vest Bromviç» siz uçun nima?
— Heç narsa. Ayni damda hamma narsa!

Murabbiyni çarçatadigan vaziyat nima bilasizmi? Ğalabalarga odatlaniş. Qiziq paradoks, aslida barça murabbiylar buni orzu qiladi, töğrimi? Sen ham, şogirdlaring ham, atrofingdagilar, quvvatlayotgan muxlislar ham ğalabalarga odatlansa, qanday yaxşi? Murabbiylar mana şu çöqqi uçun kuraşadi, harakat qiladi, hammasimas, juda kam sonlisi erişadi ham. Uyoği qiyin. Endi sendan boşqa natijani kutişmaydi, qabul ham qilişmaydi. You will never walk alone, deb qöşiq kuylab turişsa ham, yolğiz bölasan, endi seni tuşunişmaydi. Uzoq muddat bu darajada işlaş imkonsiz.

Yurgen Klopp Liverpuldan ketdi. Uning Angliyaga kelgan davrini yaxşi eslasangiz kerak. Jamoa har jihatdan öziga bölgan işonçni yöqotgan, boşqaruvda muammolar yetarli, Angliyada çempion böliş umuman imkonsizdek körinib qolgan, jamoa ba’zida bu sovrin uçun kuraşgan, hatto Çempionlar Ligasini qölga kiritgan bölsa-da, buni takrorlaş uçun yo Suares kabi katta yulduz kelişi yoki Istanbuldagi kabi möjiza sodir bölişi kerakdek. Şu qadar işonç pastki, hatto «Lester» ham turnir jadvalini boşqarişi, keyinroq, hatto çempion bölişga ham muvaffaq bölgan davr.

Yevropaga «Liverpul» şu qadar begona ediki, Yevropa Ligasi finalida «Sevilya» turnir egasidek köringan, Starrij hisobni oçgan bölsa-da, yakunda ispanlar öz kubogini olib ketadigandek tuyulgandi. Şunday bölgan ham.

Hozir davr biroz boşqa. Nafaqat «Lester», hatto kattaroq jamoalar ham, hatto 90 oçko bilan ham çempion bölolmaydigan palla. Yevropada «Liverpul»ning yöqligi Çempionlar Ligasini zaiflaştiradi, favoritlar muvozanatini özgartiradi va bu seziladi ham.

«Liverpul» muxlislari Klopp davrida şu qadar özgardiki, Benteke yoki Balotelliga umid boğlaş ortda qolgan, endi Darvin Nunezdan har bir vaziyatini golga aylantirişini kutişadi. Xuddi şu darajadagi hujumçidan kamiga rozi bölişmaydi. Har çiziqda şunaqa.

Tabiiyki, Klopp APLni ham özgartirdi, lekin eng birinçi navbatda, uning Liverpuldagi nimani va qanday özgartirgani haqida öylasam, öşa «Vest Bromviç» bilan durangni eslayveraman.

Klopp yangi kelgan paytlar. Taxminan bir oygina bölgandi. Jamoa neçançidiram örinda, nimagadir kuraşişi kerak, qaysi çiziqlarga kimlarni sotib oliş kerak? Klopp bu haqida öylab ham ötirmagan, menimça. Uning maqsadi ma’lum, lekin yöli öziga xos edi.

«Vest Bromviç»ga qarşi «Liverpul» öz maydonida sönggi daqiqalarida mağlubiyatga uçrayotgandi. Jamoa şu qadar yovvoyi darajada hujumlar qildiki, raqib doş bera olmadi, Origi (şu nomni eslab qoling) hisobni tenglaştirdi. Ikki-yu ikki. «Liverpul»dek jamoa uçun oddiy, aslida juda qoniqarsiz natija. Birgina oçko beradi.