Armaniston politsiyasi 273 namoyishchini hibsga oldi
27 may, dushanba kuni Armaniston politsiyasi poytaxt Yerevanda 273 nafar namoyishchini hibsga oldi. Mamlakatda bir necha kundan buyon 1990 yilda Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarboyjon qishloqlarining qaytarilishiga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Politsiya xabariga ko‘ra, hibsga olinganlar Ozarboyjon qishloqlarining qaytarilishiga qarshi hamda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib yo‘llarni to‘sib qo‘yishga harakat qilgan.
«Umumiy hisobda 273 nafar shaxs politsiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmagani uchun hibsga olindi», — deyiladi mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotida.
May oyining o‘rtalarida mamlakat hukumati 1990 yillarda bosib olingan Ozarboyjonga tegishli 4 ta qishloqning Ozarboyjonga qaytarilishini ma’qullagan. Bunga qarshi butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari alangalanib ketgan. Ularga ruhoniy Bagrat Galstanian boshchilik qilmoqda. U bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, unga nisbatan ishonchsizlik votumiga ovoz berishga chaqirgan. Shuningdek, u yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlar paytida bosh vazirlikka nomzodini ilgari surishini va buning uchun ruhoniylikdan ketishga tayyorligini ham bildirgan. Lekin Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra u bu lavozimga nomzodini ko‘rsata olmaydi. Chunki u bir paytning o‘zida ham Kanada, ham Armaniston fuqarosi hisoblanadi.
Bosh vazir Nikol Pashinyan ushbu qaror Boku bilan tinchlikning garovi ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024