«Haqiqiy elita» bilan uchrashgan Putin va Vovchanskda pozitsiyani mustahkamlayotgan jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 842-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Putin Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun shartlarni ma’lum qildi. U Ukrainadan Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarini to‘liq topshirishni talab qilgan.
- Zelenskiy Putinning shartlarini «ishonib bo‘lmaydigan va avvalgilaridan hech narsasi bilan farq qilmaydigan ultimatum» deb atadi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg fikricha, Putin tomonidan aytilgan shartlar Rossiya Ukrainaning yanada ko‘proq hududini nazorat qilishni xohlayotganini ko‘rsatadi.
- Shebekino o‘qqa tutilishi oqibatida ko‘p kvartirali uy pod’yezdi quladi. Besh kishi halok bo‘lib, olti kishi jarohatlangan.
- «Katta yettilik» mamlakatlari Ukrainaning Rossiya bosqinidan zararini 486 milliard dollarga baholadi. Ular Rossiyaning muzlatilgan aktivlari faqat mazkur mablag‘ to‘langanidan keyin qaytarilishini ma’lum qilishgan.
- Zelenskiy Si Jinping Xitoy Rossiyaga qurol sotmaslikka so‘z berganini aytdi.
Putin «SVO» ishtirokchilari — «yangi elita» vakillari bilan uchrashuvda
14 iyun kuni Vladimir Putin Ukrainaga «real tinchlik taklifi» berdi: unga ko‘ra, tinchlik sulhi tuzilishi uchun mamlakat Rossiyaga o‘z yerlarini, jumladan Rossiya qo‘shini hech qachon nazorat qilmagan hududlarni ham topshirishi lozim bo‘ladi; Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy buni «ishonib bo‘lmaydigan» navbatdagi ultimatum deb atadi.
Shundan keyin Putin Moskva yaqinida «Vremya geroyev» dasturi ishtirokchilari bilan uchrashdi. U Putin mamlakatning «haqiqiy elitasi» deb atagan «maxsus harbiy amaliyot» ishtirokchilari uchun «gubernatorlar maktabi» dasturi va «Rossiya yetakchilari» konkursiga muqobil sifatida ochilgan: mashg‘ulotlardan keyin ular hokimiyat organlari va davlat kompaniyalarida ishlashi mumkin bo‘ladi. Dastur uchun saralab olingan 80 kishi orasida Krasnodarning sobiq meri va Davlat dumasi deputati Yevgeniy Pervyshov hamda Novosibirskdagi temiryo‘llar menejeri, urushda qo‘l va oyog‘idan ayrilgan Vladimir Saybel bor. Putin ularning ikkisiga ham ishga joylashishda yordam va’da qildi.

Maksim Blinov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Shebekino o‘qqa tutilishi vaqtida vayron bo‘lgan bino
14 iyun kuni Belgorod oblastining Ukraina bilan chegara yaqinidagi Shebekino shahrida Ukraina qurolli kuchlari zarbasi oqibatida turar joy pod’yezdi quladi. Gubernator Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan — to‘rt jasad xarobalar ostidan olib chiqilgan, yana bir ayol shifoxonada jon bergan. Olti kishi jarohatlangan.

Xarkivdagi shifoxonadan katta yoshli bemorlarning evakuatsiya qilinishi
RF qo‘shini Xarkivga muntazam ravishda raketalar bilan zarba berib, aviabombalar tashlamoqda va dronlar bilan hujum qilmoqda. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, zarbalar fuqarolik infratuzilmalari obektlari, jumladan shifoxonalar bo‘ylab ham berilmoqda. Ayrim shifoxonalarning bemorlari va xodimlarini zarbalardan yaxshiroq himoyalangan tibbiyot muassasalariga ko‘chirishga harakat qilishmoqda. Xarkiv shahri meri Igor Terexov 2024 yil mayida, Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida yangi yurish boshlaganida shunday degandi: «Biz sog‘liqni saqlash vazirligi bilan davolash muassasalari bazasida yer ostida jonlantirish va jarrohlik bo‘limlarini tashkil etish ustida ishlamoqdamiz».

Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupyansk yaqinida Rossiyaning «Grad» tizimi
Rossiya qo‘shini bir yildan oshiq vaqtdan buyon Xarkiv oblastidagi strategik ahamiyatga ega shahar bo‘lmish Kupyanskka kirishga harakat qilmoqda, Rossiya bu shaharni urushning ilk haftalarida egallab olgan, ammo keyin Ukraina 2022 yil kuzida uni ozod etgandi. 2024 yil mayida Rossiya bu yo‘nalishda yangi yurish boshladi va bir necha qishloq hamda mustahkamlangan pozitsiyalarni egallab oldi.

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia


RF qurolli kuchlarining Luhansk yaqinidagi minadan tozalash mashinasi
2022 yil sentabrida Rossiya davlat axborot agentliklari Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida T-90 tanki bazasida tashkil etilgan BMR-3M «Vepr» rusumli minalardan tozalovchi minalangan mashinadan foydalanilayotgani haqida reportaj namoyish etgandi. «Vepr» minalashtirilgan maydonlarni harbiy texnikalar va piyodalar harakatlanishi uchun tozalashga mo‘ljallangan. RF mudofaa vazirligining «Zvezda» telekanali 2022 yil kuzida «Vepr» roboti Mariupol atrofida ishlayotgani aks etgan kadrlarni namoyish etgandi. Reportajda minadan tozalash mashinasida konditsioner borligi qayd etilgan. 2015 yilda, «Vepr»ni birinchi bor ko‘rsatishganida jurnalistlar va harbiy texnikalar bo‘yicha sharhlovchilarda zirhli mashinaga pechka emas, nega aynan konditsioner o‘rnatilgani borasida savollar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, «Vepr»da hojat chiqarish va ovqat tayyorlash uchun sharoit yaratilganiga, bu ekipaj bir necha kun davomida mashinada qolishiga imkon berishiga alohida e’tibor qaratilgandi.

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Xarkiv oblastida oldingi chiziqdagi ukrain harbiylari
Xarkiv oblasti shimolida ukrain harbiylari ikkinchi oydirki Rossiyaning yangi yurishini qaytarmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shini ilgarilashini sekinlashtirishga muvaffaq bo‘lgan; ikki tomon ham bu yo‘nalishga zaxira kuchlarni tashlagan. Vovchansk shahri va uning atrofida janglar ketmoqda. Rossiyaning bu yurishdan maqsadi katta ehtimol bilan Xarkivdan janubi-sharqdagi Kupyansk tomon qilinayotgan yurishni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA



Kiyevda ukrainalik fotografning dafn marosimi

Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
Mavzuga oid

03:50
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

22:08 / 16.03.2025
Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘ini almashtirdi

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

15:27 / 15.03.2025