Jahon | 17:10 / 25.06.2024
9975
7 daqiqa o‘qiladi

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari va Xarkivni himoya qilayotgan dron operatorlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 852-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketini qabul qildi.
  • Sevastopolda favqulodda holat rejimi joriy etildi — bu shahar Ukraina qurolli kuchlarining raketa zarbasiga yo‘liqishidan keyingi kunda bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, plyajga urib tushirilgan raketa parchalari tushishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi yaralangan.
  • Sevastopolga amerikaliklar raketasi bilan zarba yo‘llangani tufayli AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi.
  • Ukraina RFning muzlatilgan aktivlaridan kelgan daromadlar hisobidan birinchi transhni keyingi haftada oladi.
  • Donetsk oblasti Pokrovsk shahrida raketa zarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. 40 dan ortiq kishi yaralangan.
  • Zelenskiy ukrain dronlari shu vaqtgacha Rossiyaning 30 dan ortiq neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari va neft saqlanadigan bazalarini nishonga olganini ma’lum qildi.
  • Zelenskiy armiya birlashgan kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Yuriy Sodolni lavozimidan oldi. Uning o‘rnini brigada generali Andrey Gnatov egallagan.

Pokrovsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblastida Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqiniga qadar 60 mingdan ortiq kishi yashagan Pokrovsk shahri muntazam ravishda rossiyalik harbiylarning zarbalariga uchramoqda. Pokrovskning markaziy qismi jiddiy vayron bo‘lgan, degandi may oyida shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Sergey Dobryak. 24 iyun kuni kunduzi RF qo‘shini Pokrovsk bo‘ylab navbatdagi raketa zarbasini amalga oshirdi.

Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkinning xabariga ko‘ra, «Iskander-M» tizimining ikkita raketasi kelib tushishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Fotoda Pokrovskda ichida o‘g‘li halok bo‘lgan avtomobil oldida yig‘layotgan kishi
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
24 iyun kuni RF qo‘shini Pokrovskdan bir necha kilometr masofada joylashgan Drujkovkani ham o‘qqa tutgan
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
«Novosti Donbassa»ning yozishicha, zarba infratuzilma obektlaridan biriga berilgan, unga qo‘shni bo‘lgan binoda derazalar to‘kilib tushgan. Shaharda markaziy suv ta’minoti o‘chirilgan
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Ukraina tomonidan tayinlangan ma’muriyati bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokrovsk bo‘ylab raketa zarbasi oqibatida 41 kishi jarohatlangan
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda rossiyaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan xususiy uy
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Halok bo‘lganlardan birining jasadi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari

RF qo‘shini 24 iyun kuni Odessa bo‘ylab ham raketa zarbalari yo‘lladi. Region rahbari Oleg Kiper to‘rt kishi yarador bo‘lgani haqida xabar qilgan.

Odessa oblasti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, zarba fuqarolik infratuzilma obektlari bo‘ylab yo‘llangan
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi tufayli 3000 kvadrat metr maydonni yong‘in qamrab olgan, deb xabar beradi Kiper
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
24 iyun kuni Odessa bo‘ylab berilgan zarba oqibatida shikastlangan infratuzilma obektlaridan biri
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Yong‘in tufayli ko‘tarilgan tutun shaharning turli nuqtalaridan ko‘rinib turgan. «Huquq tartibot organlari rossiyaliklarning Odessa aholisiga qarshi navbatdagi jinoyatini qayd etdi», — deya yozgan region rahbari o‘z telegram-kanalida
Tim Melnikov

Xarkiv atrofida ukrainalik dron operatorlari

Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv va Vovchansk atrofida Rossiya qo‘shinlariga qarshi hujumlar amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bu yo‘nalishda, boshqa kuchlar qatorida Xarkivdagi 92-alohida shturm brigadasining «Axilles» nomli zarbdor pilotsiz aviatsiya batalyoni ham jang qilmoqda.

Batalyon komandiri Yuriy Fedorenko 24 iyun kuni telemarafon efirida hozircha Xarkiv oblastidagi Rossiya qo‘shini aviatsiya o‘q-dorilari, jumladan oblast markazi va atrofdagi hududlarga tashlanayotgan KAB-500 bombalari bo‘yicha ustunlikni saqlab qolayotganini aytgan. Ammo u bu ustunlikka barham berilishiga ishonch bildirgan
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
«Diplomatlarimiz ulkan hajmdagi ishlarni olib borishmoqda, ular Ukraina shaharlarimiz, xususan xarkivliklarni himoya qilishga yordam beruvchi qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari olish uchun kurashishmoqda», — deya Fedorenkoning so‘zlarini keltirgan «Obektiv»
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
«Ammo barchasi o‘z vaqti bilan. Shunga aminmanki, ularning samolyotlari Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlariga emas, to‘ppa to‘g‘ri jahannamga qarab ucha boshlaydi», — deya qayd etgan Fedorenko
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Sevastopol o‘qqa tutilishi qurbonlari xotirasiga yodgorlik

Anneksiya qilingan Sevastopolda 23 iyun kuni raketa parchalari shahar plyajiga quladi. O‘qqa tutish oqibatida, shahar ma’muriyatiga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, jumladan ikki bola ham. 150 dan ortiq kishi jarohatlangan. RF mudofaa vazirligi zarba «Amerikaning kassetali o‘q-dorilariga ega ATACMS raketalari» bilan zarba berilganini ma’lum qilgan. Ukraina hukumati raketa zarbasi uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olmagan, ammo Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak shunday degan: «Qrimda hech qanday „plyaj“, „turistik zona“lar va „tinch hayot“ning boshqa fiktiv belgilari yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qrim — Rossiya tomonidan bosib olingan, harbiy harakatlar, keng ko‘lamli urush ketayotgan hudud. Rossiya boshlagan, bosib olish va genotsid qilish maqsadidagi urush».

Sevastopolda halok bo‘lganlar uchun memorial. 24 iyun kuni shaharda motam kuni edi
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid