Vengriya O‘zbekiston mahsulotlarini import qilish imkoniyatini o‘rganmoqda
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Aldi kompaniyasi boshqaruvi direktori Bernard Xayder bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Vengriya tomoniga O‘zbekistonning eksport salohiyati, mahalliy korxonalarning tijorat takliflari taqdim etildi.
Vengriya vakili O‘zbekistondan mahsulot olib kirishga qiziqish bildirdi va mamlakatning eksport qiluvchi korxonalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida Vengriya bozoriga o‘zbek mahsulotlarini import qilish bo‘yicha narxlar va talablarni chuqur tahlil qilish, shuningdek, mamlakatimizdan dukkakli ekinlarni eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Germaniyada aka-uka Karl va Teodor Albrext tomonidan 1946 yilda asos solingan Aldi kompaniyasi dunyodagi yetakchi ulgurji savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Aldi 20 ta mamlakatda 10 mingdan ortiq do‘konlarga egalik qiladi.
Mavzuga oid

23:14 / 09.06.2025
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

15:30 / 04.06.2025
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

17:20 / 28.05.2025