Boliviyada hokimiyatni egallashga uringan general qo‘lga olindi
Boliviya politsiyasi mamlakat poytaxti La-Pasdagi Murilyu maydonida joylashgan hukumat saroyini egallashga uringan general Xuan Xose Sunigani qo‘lga olgan. Bu haqda Boliviyaning Bolivia TV telekanal xabar bergan.

Foto: latercera.com
Telekanal e’lon qilgan kadrlardan ko‘rinishicha, general Bosh shtab binosidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari qurshovida olib chiqilgan. So‘ngra u mashinaga o‘tkazilib, olib ketilgan.
Bungacha El Deber nashri xabariga ko‘ra, generalning buyrug‘i bilan hukumat saroyi hududini egallagan harbiy bo‘linmalar isyon joyini tark eta boshlashgan.
Harbiylar maydonni tark etgach, hukumat binosi balkonidan turib mamlakat prezidenti Luis Arse chiqish qilgan. U general Suniga bo‘linmalarining xatti-haoakatlarini davlat to‘ntarishiga urinig deb baholagan va politsiyaga “demokratiyaga sodiq qolgani” uchun tashakkur bildirgan.
Bungacha Arse isyonkor general Suniga o‘rniga Xose Uilson Sanchesni armiya bosh qo‘mondoni etib tayinlagan. Boliviya armiyasining yangi bosh qo‘mondoni general Seniga yaxshi qo‘mondon bo‘lganini ta’kidlab, “biz undan askarlarimiz qonini to‘kmasligini so‘radik, bu xato bo‘lishini aytdik”, degan. Shundan so‘ng generalning xatti-harakatlari bilan trevoga qo‘zg‘atilgan barcha harbiylarga o‘z harbiy qismlariga qaytish uchun buyruq bergan.
Los Tiempos nashri ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinishidan avval general Suniga voqealar bo‘yicha o‘z talqinini aytib bergan. Bo‘lib o‘tgan voqealardan biroz oldin u prezident Luis Arse bilan suhbatlashgan va prezident unda o‘zining xalq orasida mashhurligi juda pastligini aytib, harbiy qo‘mondonni “o‘z reytingini ko‘tarish uchun nimadir qilish”ga chaqirgan.
Boliviya prokuraturasi harbiy qo‘zg‘alon ko‘tarishga urinish va terrorizmda ayblab, general Sunigaga qarshi jinoyat ishi ochgan.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy uchun bojlarni 145 foizgacha oshirdi
Jahon | 11:15
-
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 11:13
-
Saida Mirziyoyeva animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 11:11
-
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi
O‘zbekiston | 11:06
Mavzuga oid

18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi

22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi

17:12 / 23.09.2024
Yuragi va miyasi eng sog‘lom qabila: Boliviyadagi simanlarning siri nimada?

08:19 / 27.06.2024