26 iyun, çorşanba kuni general Xuan Xose Suniga boşçiligidagi Boliviya armiyasi bölinmalari poytaxt La-Pas markaziy maydonini egallab oldi va zirhli texnikadan foydalanib, respublika prezidenti Luis Arsening rasmiy qarorgohi hovlisidagi eşikni buzib kirişga harakat qildi, deb xabar beradi Vision360. 

Keyinroq prezident harbiy qömondon oldiga çiqdi va ular suhbatlaşdi. Biroz vaqt ötgaç, harbiylar prezident saroyidan çekinişni boşladi va uning oldidagi maydonni prezident tarafdorlari egallab oldi. Isyonkor general politsiya tomonidan uşlandi.

«Biz xalqaro hamjamiyatga Boliviyada demokratik yöl bilan saylangan hukumatimizga qarşi davlat töntarişiga uriniş yuz berganini e’lon qilamiz», — deb yozdi Boliviya vitse-prezidenti David Çokeuanka ijtimoiy tarmoqda. Öz navbatida, respublika prezidenti general Suniga bölinmalarining harakatlarini davlat töntarişiga uriniş deb atadi va politsiyaga «demokratiyaga sodiq qolgani» uçun minnatdorçilik bildirdi.

General Suniga: Vatanimizni qaytarib olamiz

Bir kun oldin general Suniga Boliviya qurolli kuçlari qömondoni lavozimidan böşatildi, ammo u iste’foga çiqişdan boş tortdi. «Biz vatanimizni qaytarib olamiz», dedi Suniga Murilo maydonida çiqiş qilib. Uning sözlariga köra, armiya bölinmalari safarbar etilişi  harbiylar «yerga urilişi» tufayli ğazablanişning namoyişidir, deb yozadi El Deber. 

Suniga siyosiy mahbuslarni ozod qiliş va «demokratiyani isloh etiş» uçun davlat töntarişiga uriniş uyuştirganini aytdi, deb yozadi Los Tiempos. «Biz barça siyosiy mahbuslarni zudlik bilan ozod etişni talab qilamiz. Odamlar buyruqqa amal qilgani uçun qamalişi mumkin emas», dedi Suniga.