2 yillik staji bor yoshlar ish beruvchining tavsiyasi asosida oliygohga o‘qishga qabul qilinadi
Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va 2 yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Shuningdek, litsey o‘quvchilari 1- yoki 2-kursdan keyin o‘qishni OTMning 2- yoki 3-kursida davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni arafasida bir guruh yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlat rahbari O‘zbekistonga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligini qayd etib, shu munosabat bilan yoshlarning fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinishi aytdi.
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutyapti. Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, dedi prezident.
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.
Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yuqoridagilardan tashqari:
- chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi;
- Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi, xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi;
- oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi: qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi;
- yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:03
-
Rossiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlovchilar soni eng yuqori darajaga yetdi
Jahon | 21:57
-
Isroil va AQSh Eronning yadroviy obektlariga zarba berishga tayyorlanmoqda - OAV
Jahon | 21:54
-
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi: hamkorlikka undayotgan omillar nima?
Jahon | 21:50
Mavzuga oid

10:54 / 24.03.2025
ChatGPT bilan muntazam muloqot xavfli oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

15:40 / 18.02.2025
30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi

14:35 / 18.02.2025