«Bugun omading kelishidan umid qilasan» - Ukraina frontining oldingi chiziqlaridan suratlar
Ukrainadagi urushning 860-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Viktor Orban urush boshlanganidan buyon ilk bor Ukrainaga keldi. U Volodimir Zelenskiyga tinchlik muzokaralarini boshlash uchun o‘t ochishni to‘xtatish haqida o‘ylab ko‘rishni taklif etgan.
- Anneksiya qilingan LXR rahbari Leonid Pasechnik Ukrainada sirtdan 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
- Niderlandiya F-16 qiruvchilarini Ukrainaga eksport qilishga litsenziya berdi.
- Rossiya mudofaa vazirligi Mirgorodda ukrainlarning beshta Su-27 qiruvchisi yo‘q qilingani haqida xabar qildi. Ukraina qurolli kuchlari hujum faktini tasdiqlagan, ammo yo‘qotishlar «umuman aytilayotganidek emasligi»ni bildirgan.
- Rossiya sudi Aleksandr Nevzorov va uning rafiqasini «ekstremistik birlashma» deb atadi.
Viktor Orban Kiyevda
Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari yetakchilari Kiyevga tashrif buyurgandi, ammo ushbu davlat qo‘shnilaridan biri bo‘lgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban emas. Shu bilan birga, Orban urush davrida RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan kam sonli davlat rahbarlaridan biridir. 2 iyul kuni Orban baribir Kiyevga keldi. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, muzokaralar davomida, Orbanning o‘zi aytishicha, u o‘t ochishni hozirgi vaqtdagi tutashuv chizig‘ida to‘xtatishni taklif qilgan. Zelenskiy Orbanning taklifiga munosabat bildirmagan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkvaning aytishicha, Zelenskiy Orbanga o‘t ochishni to‘xtatish kabi jarayonlar Ukraina tomonidan tashabbus qilingan tinchlik sammitidan alohida holda ko‘rib chiqilmasligini tushuntirgan.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi oldingi chiziqda joylashgan ukrain askarlari
Rossiya qo‘shini may oyida Xarkiv oblastining chegaradosh rayonlarida yurish boshlagandi. Iyun oyi oxiriga kelib Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Xarkiv atrofidagi yurishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi, ammo frontning boshqa uchastkalarida RF qo‘shinini tiyib turishning imkoni bo‘lmayapti. Ukrainalik fotograf Konstantin Liberov to‘g‘ridan to‘g‘ri tutashuv chizig‘ida joylashgan 3-alohida shturm brigadasi pozitsiyasiga bordi. Quyida muallifning o‘z izohi bilan keltirilgan fotosuratlar.

Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images



Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images


Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images

Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images


Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images

Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images
Toretskdagi hayot
Rossiya qo‘shini Donetsk oblasti Baxmut rayonida joylashgan Toretsk shahri tomon yurish qilmoqda. Iyun oyi oxirida RF qurolli kuchlari Toretsk va unga qo‘shni Nyu York posyolkasiga janubdan — Horlivka tomondan hujum qilgan. Avdiyivkadan shimolga qarab yurish qilayotgan qo‘shinlar ushbu shaharni janubi-g‘arbdan o‘rab olishga urinmoqda.

George Ivanchenko / Anadolu / Getty Images

George Ivanchenko / Anadolu / Getty Images

George Ivanchenko / Anadolu / Getty Images

George Ivanchenko / Anadolu / Getty Images
Rossiyalik askarlarning jasadlari identifikatsiya qilinishi
Janglar bo‘lib o‘tgan joylarda ikki tomondan ham qurbonlarning jasadlari qoldiqlari qolmoqda. Qurbonlarning jasadlarini eksgumatsiya va shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar bilan boshqa guruhlar qatori Ukrainaning «Qora lola» qidiruv guruhi ham shug‘ullanmoqda. Quyidagi fotolarda guruhning Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofidagi faoliyati aks etgan.

Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ertaga 17 mart kuni joylarda 27 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:01
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

15:27 / 15.03.2025
Germaniyaning Ukrainaga yordami 3 milliard yevroga oshiriladi

13:12 / 15.03.2025
Zelenskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida operatsiyani yakunladi

12:45 / 15.03.2025